N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


Plataning diskret elementlari


Download 1.34 Mb.
bet21/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

Plataning diskret elementlari

Ta’minot
Signalli qatlam Asos

Signalli qatlam Asos

Signalli qatlam Asos

Signalli qatlam


zanjirlarining

qatlamlari

Yerga ulash qatlamlari

  1. rasm. Tizimli plata qatlamlari.

da, protsessor, tezkor xotira moduli va tashqi qurilmalar orasida chipset joylashgan. Chipset mikrosxemalar to‘plami bo‘lib, barcha bloklar orasida signallarni taqsimlash vazifasini bajaradi.

  1. a rasmda protsessordan tezkor xotiraga o‘tuvchi axborotlar oqimi hamda teskariga uncha katta bo‘lmagan ushlanish vaqtini kirituvchi chipset orqali o‘tadigan axborotlar oqimi tasvirlangan.
    Tizimli Kengaytirish




    Tizimli Kengaytirish





  1. rasm. Tizimli plataning ishlash tamoyili:

a) an’anaviy sxemasi; b) xotira kontrolleri protsessor kristallida joylashgan.

Zamonaviy kompyuter tizimlari uchun bunday ushlanish ko‘plik qiladi. Shuning uchun avval AMD, keyin esa Intel kor- poratsiyasi xotira kontrollerini protsessor kristaliga joylashtirdi (2.3-b rasm). Tuzilishning bu tamoyilida protsessor xotira bilan bevosita ishlaydi. Bu esa o‘z o‘rnida tizimning umumiy unum- dorligini oshiradi. Tizimli plataning protsessorning arxitekturasi- ga bog‘liq bo‘lgan boshqa variantlari ham mavjuddir. Masalan, oxirgi vaqtda grafik nimtizimning ishlash tezligini oshirish uchun videokartaning interfeysini (PCI-E uchun) chipsetdan protsessor kristaliga joylashtirilgan varianti keng tarqaldi.

  1. Tizimli platani tanlash

Tizimli platani ishlab chiqarishda hisobga olinadigan bir nechta standartlar mavjuddir. Bu standartlar (form factor) plataning fizik ko‘rsatkichlarini va plata o‘rnatilishi kerak bo‘lgan g‘ilofning turini belgilaydi. Quyida tizimli plataning nisbatan keng tarqalgan standartlari keltirilgan.

Eskirgan standartlar quyidagilar:

  • Baby-AT;

  • AT to‘liq o‘lchamli platasi;

  • LPX;

  • WTX (hozirgi vaqtda ishlab chiqarilmaydi);

  • ITX (flex-ATX ning turlaridan bin, ishlab chiqarilmagan).

  • Zamonaviy standartlar quyidagilar:

  • ATX;

  • Micro-ATX;

  • Flex-ATX;

  • Mini-ITX (flex-ATX ning turlaridan biri);

  • NLX.

Hozirgi vaqtda ko‘pchilik yangi tizimlar uchun tizimli plata- larning keng tarqalgan standartlaridan biri ATX dir. ATX tuzilishi Baby-AT va LPX standartlarining takomillashuviga olib keldi.

24


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling