N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


Download 1.34 Mb.
bet104/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

NAZORAT SAVOLLARI

  1. Kompyuterda tasvirlarni aks ettirish tizimining qanday komponentlarini bilasiz?

  2. Monitorlarning qanday turlari mavjud?

  3. Videoadapterning funksional vazifasi nimadan iborat?

  4. Monitorni tizimli blokka ulashning qanday usulini bilasiz?

  5. Videoadapterning asosiy komponentlarini ayting.

  6. Grafik protsessor va videoxotiralar qanday vazifani bajaradi?

  7. Videodrayver deb nimaga aytiladi?

  8. Videokartaning sovitish tizimi o‘z ichiga nimalarni oladi?

  9. Sovitish tizimining qanday turlarini bilasiz?

  10. Qanday vositalar axborotlarni vizual aks ettirish vositalariga tegishli?

  11. Qaysi komponentlar web-kamera tarkibiga kiradi?

  12. Web-kamerani Internet tarmog‘iga ulash qanday amalga oshiriladi?

  13. TV-tyuner nima? TV-tyunerning vazifasini ayting.

  14. TV-tyuner platasini ona plataga o‘rnatish bosqichini ayting.


  1. bob. TARMOQ ADAPTERINI 0‘RNATISH
    УА SOZLASH

    1. Lokal tarmoq turlari

Tarmoq (network) - bu ikkita va undan ortiq kompyuterlar guruhi bo‘lib, o‘zining apparat va dasturiy resurslaridan birgalikda foydalanish imkonini beradi.

Tarmoqning bir necha turlari mavjuddir: ikkita o‘zaro ulangan kompyuterlardan tashkil topgan tarmoqlar va turli shahardagi kompaniya ofislarini birlashtiruvchi tarmoqlar. Bitta ofis yoki bitta binoda joylashgan kompyuterlarni birlashtiruvchi tarmoq lokal tarmoq (Local Area Network - LAN) deyiladi.

Lokal tarmoqning mijoz-server va bir rangli (peer-to-peer - teng huquqli) kompyuterlarning ulanish sxemasiga asoslangan turlari mavjuddir.

Mijoz-server tarmog‘i. Mijoz-server tarmog‘ida har bir kompyuter faqat bitta vazifani: yoki server vazifasini, yoki mi­joz vazifasini bajaradi. Server o‘z resurslarini tarmoqning ham- ma mijoz kompyuterlariga taqdim qilish uchun mo‘ljallangan. Tarmoqning boshqa kompyuterlari mijoz vazifasini bajaradi (8.1-rasm).

Server vazifasini bajaruvchi kompyuterda mijoz vazifasini bajaruvchi kompyuterga nisbatan xotira hajmi katta bo‘lgan tezkor xotira va qattiq disk, tezligi yuqori bo‘lgan protsessor o‘rnatilgan bo‘ladi.

Mijoz-kompyuter - bu operatsion tizim o‘rnatilgan oddiy shax- siy kompyuter bo‘lib, lokal tarmoqning boshqa kompyuterlari bilan emas, faqat server bilan ulangan kompyuterdir.


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling