N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


Download 1.34 Mb.
bet106/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

135




Bir rutbali tarmoqlar, odatda, uncha katta bo‘lmagan ofis- larda yoki katta tashkilotlarning bo‘limlarida o‘rnatiladi. Bu tur- dagi tarmoqning afzalligi, biror-bir kompyuterni fayl-server qilib tayinlashga ehtiyojning yo‘qligidir. Ko‘pchilik bir rutbali tarmoqlar, kompyuterga ulangan har qanday qurilmadan foyda- lanish imkonini beradi. Kamchiligi esa uzatilayotgan axborot xavfsizligining pastligi va tarmoqni nazorat qilishning sustligidir. Mijoz-server tarmog‘i esa bu vaqtda markazlashtirilgan ma’- murlashni amalga oshirish imkonini beradi.

    1. Tarmoqlarni qurishning umumiy tamoyillari

Birgalikda foydalanish deganda, har bir kompyuter o‘z resurslarini boshqa kompyuterga (bitta yoki bir nechta) taqdim qilishi, ammo bunda u resurslarni o‘zi boshqarishi tushuniladi. Shunday qilib, printerni boshqarishni turli kompyuterlar orasida burib qo‘yuvchi qurilma tarmoq qurilmasi bo‘la olmaydi. Aynan burib qo‘yuvchi qurilma bosmaga chiqarish topshirig‘iga ishlov beradi va kompyuterlardan hech biri, qachon boshqa kompyuter bosmaga chiqarish kerakligini bilmaydi. Bundan tashqari, bosmaga chiqarish topshirig‘i bir-biri bilan kesish- maydi.

Tarmoqda birgalikda foydalanilayotgan printerni masofaviy kompyuterdan boshqarish mumkin, u esa o‘z navbatida turli kompyuterlardan bosmaga chiqarish topshirig‘ini serverning qattiq diskida saqlab, qabul qilishi mumkin. Foydalanuvchilar topshiriqni bajarish tartibini o‘zgartirishlari, ularni ushlab tu- rishlari yoki bekor qilishlari mumkin. Qurilmalardan foydalanish parol yordamida cheklanadi, ammo buni burib qo‘yuvchidan foydalanganda amalga oshirib bo‘lmaydi.

Asosan tarmoq bo‘yicha har qanday saqlash yoki kiritish- chiqarish qurilmasidan foydalanishni taqdim qilish mumkin, ammo ko‘pincha foydalanish quyidagi qurilmalarga beriladi:


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling