RJ-45 razyomi
Koaksial kabel DB-15 uchun BNS razyomi razyomi
8.6-rasm. Ethernet razyomlari.
Tarmoq adapterini o‘rnatish
Kompyuterning PCI shinasiga ulanadigan «ichki» tarmoq adapterini o‘rnatish uchun quyida keltirilgan harakatlar ketma- ketligini bajarish kerak.
Kompyuterni elektr ta’minotidan o‘chirish.
Tizimli blokning yon tomondan mahkamlab turgan vint- larni bo‘shatib, kompyuter g‘ilofining qopqog‘ini ochish.
Tarmoq adapterini o‘rnatish kerak bo‘lgan bo‘sh slot tanlandi. Agar bir xil bo‘lgan slotlarning bir nechtasi bo‘sh bo‘lsa, ulardan o‘rnatish uchun qulay bo‘lgani tanlandi. Slotning qaysi biri tarmoq adapterining siz tanlagan modeliga mos kel- ishini aniqlang (8.7-rasm). Bun- day qurilmalarning hammasin- ing platasidagi kontakt qismida maxsus o‘yilgan joy yoki «kalit» mavjuddir. Bu birinchidan, quril- mani portga ishonchli mahkam- lash imkonini beradi, ikkinchi- dan, uni noto‘g‘ri o‘rnatishdan himoyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |