N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


Download 1.34 Mb.
bet115/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

8. П-rasm. Oynada TCP/IP protokolidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy ko‘rsatkichlar belgilanadi.


«Использовать следующий IP-адрес» (keyingi IP-manzil- dan foydalanish). Bu tugmadan doimiy IP-manzilni aniqlash maqsadida foydalaniladi;

«IP-адрес» (IP-manzil). Bu maydonda nuqtalar bilan ajratil- gan oktetlar ketma-ketligidagi statik IP-manzillar ko‘rsatiladi;

«Маска подсети» (nimtarmoq niqobi). Bu yerda nimtarmoq niqobi aniqlanadi;

«Основной шлюз» (asosiy shluz). Bu maydon IP-trafikni marshrutlash maqsadida qo‘llanilgan asosiy shluzni ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan;

«Получить адрес DNS-сервера автоматически» (DNS- server manzilini avtomatik tarzda olish). Bu tugma DNS- serverdan avtomatik ish tartibida DNS-serverlarning ro‘yxatini olish imkonini beradi. Bu banddan IP-manzil avtomatik olin- gandagina foydalanish mumkin;

148

«Использовать следующие адреса DNS-серверов» (quyidagi DNS-server manzilidan foydalanish). Bu maydonda DNS-serverga mos bo‘lgan doimiy IP-manzil ko‘rsatiladi.

    1. Tarmoqda bo‘lishi mumkin bo‘lgan nomuvofiqlikni bartaraf qilish

Kompyuter nomining takrorlanishi. Tarmoqdagi hamma kompyuterlar noyob nomga ega ekanligini tekshiring. Aks holda, tarmoqqa ulangan ishchi stansiyalar qayta yuklanganda har doim xatolik haqidagi xabar paydo bo‘ladi.

Ishchi guruhlar nomlarining turliligi. Tarmoqda birga ishlaydigan hamma kompyuterlar bir xil ishchi guruh nomiga ega ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. Tarmoqdagi ishchi guruhlarning turli nomlari bir necha ishchi guruhni yaratishga olib keladi va boshqa kompyuterlarga kirish «Вся сеть» (Butun tarmoq) tugmasi orqali amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Guruhning nomini boshqarish panelidan ochiladigan tizim xossasining muloqat oynasidan o‘zgartirish mumkin.

Tarmoq resurslaridan foydalana olmaslik. Tarmoqda bir- galikda foydalaniladigan resurslarni borligini tekshirish kerak. Agar shaxsiy kompyuteringizda resurslardan foydalanish bo‘l- masa, (Служба доступа к файлам и принтерам сети Microsoft) tarmoqning fayllariga va printerlariga kirish xizmati komponentining o‘rnatilganligini tekshirish lozim. Windows Vista operatsion tizimida printer va fayllardan birgalikda foydalanish uchun (Центр управления сетями и общим до­ступом) umumiy kirishni va tarmoqni boshqarish markazi oynasi orqali sozlanadi.

O‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng tarmoqdan foydalanib bo‘lmayapti. Tarmoq dasturiy ta’minoti konfiguratsiyasiga har qanday o‘zgartirish kiritilgandan so‘ng kompyuterni qayta yuklash kerak.

Ba’zi bir foydalanuvchi umumiy resurslardan foydalanish- ga ruxsat ololmadi. Server va ishchi stansiya orasida kabelli bog‘lanishni tekshirish kerak. Bo‘shab qolgan terminator yoki BNC ning T-razyomi ingichka kabelli segmentning hamma ishchi stansiyalarida muammo kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi. Bo‘shashgan yoki nosoz RJ-45 razyomi faqat o‘zi joylashgan kompyuterning (yoki kommutatorning) ish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar 5-toifali UTP kabel ulangan bo‘lib, ilgaridek tarmoqqa kirish mumkin bo‘lmasa, kabelni o‘lchash asbobi bilan tekshiring yoki kabelni almashtiring.

Tarmoq ko‘rsatkichlari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan. Tarmoq ma’muridan olingan TCP/IP ko‘rsatkichini kiriting va tizimni qayta yuklang. Windows 2000 va undan yangi tizimlarda TCP/ IP ko‘rsatkichlari o‘zgartirilganidan so‘ng kompyuterni qayta tiklash shart emas.

IP-manzilni takrorlanayotgani haqida xabar berilyapti va ulanish bajarilmayapti. IP-manzillarni takrorlanishi TCP/IP va NetBEUI tarmog‘ini ishdan chiqishiga olib keladi.

Internetga va boshqa tizimlarga ulanib bo‘lmayapti, xatolik haqida xabar ham berilmayapti. Kompyuterlarni bir- biriga va Internetga ulash uchun foydalanilayotgan marshru- tizatorni, kommutatorni yoki konsentratorni tekshirish kerak. Qurilmalar elektr ta’minotiga ulangan bo‘lishi zarur; ma’lumotlar kabeli har bir tizimga ulangan bo‘lishi lozim.


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling