N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva
Download 1.34 Mb.
|
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIOS SETUP dasturining asosiy menyusi.
BIOS SETUP vositalari - bu kompyuterni sozlashning eng zo‘r vositalaridan biri. BIOS tizimi hajmi qat’iy chegaralangan doimiy xotira qurilmasida saqlanadi.
Oldindan tayyorgarlik ko‘rish. BIOS SETUP vositalari yordamida bajariladigan sozlashlar eng quyi pog‘onaga tegishlidir. Shu sababli bunga barcha dasturiy vositalar ta’sirchandir. BIOS SETUPning ba’zi bir ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi kompyuterning ishonchli ishlas hini kamaytiradi yoki umuman kompyuterni ishdan chiqaradi. BIOS ning optimal sozlanishini saralash - bu xavfsiz interfaol jarayon emas. «Bo‘sh» kompyuter uchun BIOS SETUP ni sozlash uncha xavfli emas. Agar ishlab turgan tizimda BIOS SETUP ko‘rsatkichlari o‘zgartirilsa, kompyuterda mavjud bo‘lgan barcha axborot tahdid ostida qolishi mumkin. Ishlab turgan kompyuterni BIOS SETUP vositasi yordamida sozlashdan oldin zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tashqi ma’lumot tashuvchilarga (yoki lokal tarmoqning tarmoq diskiga) zaxirali nusxalashni bajarish kerak. Alohida sozlashlarni yoki o‘zaro aloqador sozlash guruhini o‘zgartirishlarni mustaqil bosqich sifatida qarash kerak. Har bir bosqichni bu sozlashlar tizimga qanday ta’sir ko‘rsatganini tekshirish bilan tugatish lozim. Ba’zi bir o‘zgartirishlarning oqibatlari darhol ko‘rinmaydi. O‘zgartirishlar haqidagi protokolni bir necha kun saqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar muammolar hosil bo‘lsa, ularni ma’lum joyda to‘xtatish va tuzatish imkoni bo‘ladi. BIOS SETUP interfeysi. SETUP vositalarini faollashtirish uchun kompyuterni yuklashning dastlabki bosqichida kla- viaturadan aniq bir tugmani (ko‘pincha DELETE tugmasini) bosish kerak. Uni kompyuter o‘zini testlayotgan vaqtda bosish qulaydir. SETUP vositasi interfeysi ko‘p pog‘onali menyu ko‘rinishida bajarilgan (9.2-rasm). Uning oyna ko‘rinishi BIOS versiyasiga
9.2-rasm. BIOS SETUP dasturining asosiy menyusi. bog‘liq. Yuqori pog‘ona menyusining bandlari kursorni boshqarish tugmalari bilan tanlanadi. ENTER tugmasini bosganda aniq sozlashlarni va navbatdagi pog‘onaning menyusini saqlagan keyingi pog‘onaning menyusi ochiladi. Ko‘rsatkichlarning qiymati PAGE UP va PAGE DOWN tugmalari yordamida o‘zgartiriladi, yuqori pog‘onaning menyu- siga qaytish uchun esa ESC tugmasidan foydalaniladi. Yuqori pog‘onadagi menyu tarkibiga standart sozlashlarni saralash va ularni saqlashni (yoki uni rad etishni) ta’minlovchi buyruqlar kiradi. Bu buyruqlarni tasdiqlash uchun Y tugmasini, undan keyin esa ENTER tugmasini bosish kerak. ENTER yoki ESC tugmalari darhol bosilganda buyruq bekor qilinadi. BIOS ning har xil versiyalarida buyruqning aniq ifodalanishi farqlanadi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling