N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva
Download 1.34 Mb.
|
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoq filtri.
190
rasmda: (a) rozetkadagi nol (0), faza (~220 V) va yerga ulanish kontaktlarining to‘g‘ri holati ko‘rsatilgan yevrorozetkalar ifoda qilingan. Bu rasmda (b) yana standart elektr ta’minoti simining elektr ta’minot blokiga ulanadigan qismi ko‘rsatilgan. a) ~220V 11.3-rasm. Rozetkadagi kontaktlarning to‘g‘ri holati. Qurilmani himoyalash, kompyuterning barqaror ishini va ma’lumotlarning buzilmaganligini ta’minlashning samarali usul- laridan biri uzluksiz elektr energiya manbayi UPS (Uninterruptible Power System)dan foydalanishdir. UPS ning iste’mol ko‘rsatkichlaridan asosiysi quyidagilar: chiqish quvvati, V A/Vt (masalan, 650/410); turi (zaxirali, barqarorlovchi, yoqilgan); akkumulator hajmi (amper/soatda); akkumulator batareyalarining soni; zaryad olishining o‘rtacha vaqti; maksimal yuklamani quvvatlash vaqti (min.). Elektr tarmog‘ini himoyalash qurilmalari Himoyalash qurilmalari kompyuter tizimlarini tarmoq kuch- lanishining keskin oshishi, kamayishi va tushib ketishida zarar yetishidan saqlaydi. Xususan, tarmoq kuchlanishining oshib ketishi yoki uning sakrashi kompyuterning o‘zini ishdan chiqarishi mumkin, kuchlanishning birdaniga o‘chib qolishi yoki pasayishi ma’lumotlarning yo‘qolishiga olib keladi. Kompyuterning elektr ta’minoti blokida ba’zi bir saqlaydi- gan qurilmalar o‘rnatilgan bo‘ladi. Ba’zi bir yuqori sinf kompyuterlarining elektr ta’minoti blokida yuqori kuchlanishdan va ortiq darajadagi tokdan himoyalash hamda tarmoqning ichiga kiruvchi halal darajasini pasaytirish uchun oddiy filtrning mavjud bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Elektr energiyasini berishda quyida keltirilgan uzilishlar bo‘lganda ham elektr ta’minoti bloki ishchi holatda qolishi va tizimni elektr energiyasi bilan ta’minlashni davom ettirishi kerak: ikki sekund ichida kuchlanish 80 V gacha kamaydi; yarim sekund ichida kuchlanish 70 V gacha kamaydi; bir sekund ichida kuchlanish 143 V gacha oshdi. Ko‘pchilik yuqori sifatli elektr ta’minoti bloki (yoki ulangan tizimlar) quyidagi vaziyatlarda jismoniy buzilmaydi: energiyani uzatishda tanaffus; kuchlanishning har qanday pasayishi; kuchlanishning 2 500 V gacha sakrashi. Elektr energiyasidagi uzilishlar vaqtida kompyuterni avto- matik tarzda o‘chirish funksiyasi ko‘pchilik yuqori sifatli elektr ta’minoti blokining ichiga joylashtirilgan. Elektr ta’minoti tarmog‘ini himoya qiluvchi ba’zi bir qurilmalar bilan tanishib chiqamiz. Sakrashlarni cheklovchi qurilmalar. Elektr ta’minot blokining kirish zanjirlarini yuqori kuchlanishdan himoyalash uchun mo‘ljal- langan asboblar sakrashlarni cheklovchi qurilmalardir. Bu qurilmalar tarmoq rozetkasi bilan kompyuter orasida o‘rnatilgan bo‘lib, chaqmoq bo‘lishi yoki katta quvvatli elektr mashinalarning ishlashi natijasida elektr tarmog‘ida yuz beradigan kuchlanishni yuqori voltli sakrashini yutish uchun mo‘ljallangan. Elektr tarmog‘idagi sakrashlarni bostirish qurilmasi, odatda, belgilangan pog‘onadan oshgan kuchlanishni kamaytira oladigan varistorlar asosida quriladi. Bu asboblar 6 000 V gacha kuchla- nishga chidab beradi va qiymati belgilangan chegaradan yuqori bo‘lgan barcha kuchlanishlar yerga yuboriladi. Ular o‘rtacha yuklamani bemalol ko‘taradi, ammo juda kuchli sakrashlar (masalan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqmoq tushishi) ularni «yorib» o‘tishi mumkin. Varistorlar katta quvvatni tarqata olmaydilar va bu vaziyatda, odatda, ular kuyadilar, ya’ni bitta kuchli yoki ketma-ket kelgan kuchsiz sakrashlardan so‘ng sakrashlarni chek- lovchi qurilmalar o‘z vazifasini bajarishga qodir emas. Ba’zi bir sakrashlarni cheklovchi qurilmalarda kuchli sakrashlar natijasida varistorning kuygan yoki ishlayotganini aniqlaydigan indikator ko‘zda tutilgan. Underwriters Laboratories kompaniyasida sakrashlarni cheklovchi qurilmalarning ko‘rsatkichlarini belgilovchi UL 1449 standartini ishlab chiqdilar. Bu talablarga javob beruvchi har qanday filtrdan foydalanish mumkin. Tarmoq filtri - stabilizatorlar. Elektr ta’minoti tizimlarida yuqori kuchlanishdan va ortiq darajadagi tokdan tashqari, boshqa nosozliklar bo‘lishi ham mumkin. Masalan, elektr tarmog‘idagi kuchlanish yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaradan tushib ketadi. Tanishib o‘tilgan elektr energiyasining sakrashidan tashqari, elektr ta’minoti liniyalarida elektrodvigatel va boshqa induktivli yuklamalar yaratadigan radiochastotali yo‘naltirishlar yoki impulsli xalallar yuzaga kelishi mumkin. Raqamli qurilmalarni bir-biriga ulashdan avval (masalan, kompyuterni va tashqi qurilmani) quyida keltirilgan ba’zi bir xususiyatlarga ahamiyat bering: Kompyuterga ulangan har bir kabel (masalan, kompyuterni va tashqi qurilmani bog‘lovchi) antenna vazifasini bajaradi. Tashqi elektromagnitli maydonlarning ta’sirida unga elektr kuchlanish yo‘naltiriladi. Bunday maydonlarning manbayi sifatida telefon apparatlari, elektron-nurli trubka, elektrodvigatellar, lu- minessentli lampalar va indikatorlar, elektrostatik razryadlar va tabiiyki radioperedatchiklar (radio orqali tovushlar, signallar eshittiradigan apparat) ham bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida raqamli sxemalar 1-2 V amplitudali xalallarga ham juda tasirchan bo‘ladi. Bu sharoitni hisobga olib, binodagi barcha elektr simlar turli xil xalallarni qabul qiladigan katta antenna sifatida ishlaydi, deb aytishimiz mumkin. Tarmoq kuchlanishini bu xalal va tebranishlardan tarmoq filtri, ya’ni stabilizatorlar yordamida xalos qilish mumkin (11.4-rasm). Tarmoq filtrining texnik ko‘rsatkichlari quyida keltirilgan: 11.4-rasm. Tarmoq filtri. yuklama quvvatining yig‘indisi - 2,2 kW; yuklamaning nominal toki - 10 A; cheklovchi ko‘tara oladigan xalal toki - 2,5 kA dan kam emas; maksimal yutiluvchi energiya - 150 J; 100 A tokidagi xalallarga kuchlanishning chegaralangan darajasi - 700 V. Bu turdagi qurilmalarda elektr kuchlanishni filtrlash va barqarorlashtirish bajariladi, tokning va kuchlanashning o‘zga- rishi bostiriladi - bir so‘z bilan aytganda ular kompyuter va elektr ta’minoti zanjiri orasida buferli kaskad vazifasini bajaradi. Filtr-stabilizatorlar yuqorida ko‘rib o‘tilgan sakrashlarni cheklovchi qurilmalarning to‘liq o‘rnini bosadi. Bu asboblarning tuzilishi juda murakkab bo‘lib, ularning tarkibiga transformatorlar, kondensatorlar va chiqish kuchlani- shining doimiy sathini ushlab turuvchi elementlar kiradi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling