Stol usti skanerlarini sahifali, plan- shetli, xatto avtoskanerlar deb ham ataydilar. Bunday skanerlar 8,5 ga 11 dyuymli yoki 8,5 ga 14 dyuymli o‘lchamdagi tasvirlarni kiritish imkoni- ni beradi. Stol usti skanerlarining 3 xil turi mavjud: planshetli (flatbed), rulonli (sheet-fed) va proeksion (overhead).
4.6-rasm. Planshetli skanerning ko‘rinishi.
Planshetli skanerlarning asosiy farqi shundaki, skanerlovchi moslama qog‘ozga nisbatan qadam dvigiteli yordamida harakat qiladi. Tasvirni skanerlash uchun skaner qopqog‘ini ochib, skanerlanayotgan varaqdagi tasvirni pastga qaratgan holda shisha plastinaga qo‘yiladi, so‘ngra qopqoq yopiladi. Barcha keyingi skanerlash jarayonini boshqarish bu skaner bilan birga taqdim etiluvchi maxsus dasturda ishlash bilan kompyuter klaviaturasi yordamida amalga oshiriladi. Bu turdagi skanerlarning ommaviylashgan turiga Hewlett Packard firmasi ishlab chiqargan model kiradi. Rulonli skanerlarni ishlash tartibi oddiy faks-mashi-
barabanli skaner
ofislar uchun skaner
nasining ishlash usulini eslatadi. Hujjatlarning alohida varaqlari shunday qurilma orqali tortiladi, shu bilan birga ularni skanerlash amalga oshiriladi. Shunday qilib, skanerlash moslamasi o‘z joyida turadi, qog‘oz esa unga nisbatan harakat qiladi.
Stol usti skanerlarining uchinchi turi - proeksion skanerlar bo‘lib, ular ko‘proq o‘ziga xos bo‘lgan proeksiyalash apparatini (yoki foto kattalashtirgichni) eslatadi. Kiritilayotgan hujjat tasviri yuqoriga qaragan holda qo‘yiladi, bunda skanerlash bloki ham yuqorida joylashgan bo‘ladi. Faqat skanerlovchi qurilma harakatda bo‘ladi. Ushbu skanerlarning asosiy xususiyati uch o‘lchamli proeksiyalarni skanerlash imkoniyatining mavjudligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |