N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


Download 1.34 Mb.
bet66/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

Mantiqiy ruxsat berish. Bu ko‘rsatkich dasturiy ta’minot yordamida, ya’ni dastur-drayverning o‘zi yetishmayotgan nuqta- larni sun’iy yo‘l bilan to‘ldirishiga erishiladi.

  • Skanerlash tezligi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha bitta sahi- fani skanerlashga ketgan sekundlar bilan aniqlanadi. Ba’zan bitta chiziqni skanerlash tezligi millisekundlarda ko‘rsatiladi.

  • Razryadligi yoki rang chuqurligi. Tasvirning skanerlan- gan nuqtasidagi axborotni batafsil tekshirish darajasini ko‘r- satadi. SSD matritsasining sifati esa ARO‘ (analog - raqamli o‘zgartirgich) ning razryadi bilan aniqlanadi.

    Rangli va oq-qora skanerlar mavjuddir. Oq-qora skanerlar ingichka chiziqli tasvirlarni va yarimtonli tasvirlarni o‘qish im- konini beradi. Yarimtonli skanerlar kulrangni 256 tagacha sathni qabul qilish xususiyatiga ega. Rangli skanerlar oq-qora va rang­li asl nusxalar bilan ishlay oladi. Uzatilayotgan ranglar soni 256 dan 65536 sathgacha tebranadi.

    Konstruktiv tuzilishiga qarab skanerlar qo‘l (hand-hold) skaner 1 ari va stol usti (desktop) skanerlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, tarkibida bir nechta ko‘rinishdagi skaner va tashqi qurilmalar (oqimli printer, faks-modem, nusxa ko‘chirish apparati) imkoniyatini mujassamlashtirgan ko‘p funksiyali skanerlar ham mavjud. Bu o‘zida axborotni kiritish, chiqarish va uzatish vazifalari birlashgan texnik vositadir.

    Zamonaviy skaner turlarini ko‘rib chiqamiz.

    Qo‘l skaneri yorug‘lik manbayi va yorug‘lik diodidan tashkil topgan chizg‘ichdan iborat. Bu qurilma yordamida qandaydir hujjatni kompyuterga kiritish uchun skanerlovchi moslamani mos keluvchi tasvir ustidan keskin harakatlarsiz o‘tkazish kerak. Odatda, kiritiladigan tasvir kengligi qo‘l skanerlari uchun 4 dyuym (10 sm) dan oshmaydi. Zamonaviy qo‘l skanerlari kiritilayotgan tasvirlarni avtomatik «yopishtirish»ni ta’minlaydi, ya’ni alohida kiritilgan qismlardan butun tasvirni shakllantiradi.



    yorug‘lik diodli





    lazerli





    proyeksion



      1. rasm. Qo‘l skanerlarining turlari.

    Odatda, qo‘l skanerlari kichik o‘lchamli va narxi arzon bo‘ladi. Skanerlash tezligi 5-50 mm/s ni tashkil etadi.


    Download 1.34 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   140




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling