1. Belgili (simvolli) axborotlarni kiritish vositalari Grafik axborotlarni kiritish qurilmalari


Download 5.05 Mb.
bet1/10
Sana28.07.2023
Hajmi5.05 Mb.
#1663203
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Grafik axborotlarni kiritishning maxsus vositalari.


Grafik axborotlarni kiritishning maxsus vositalari.
Reja:

1. Belgili (simvolli) axborotlarni kiritish vositalari

2. Grafik axborotlarni kiritish qurilmalari




1. Belgili (simvolli) axborotlarni kiritish vositalari


Kompyuterga axborotni kiritish uchun belgili (simvolli) axborotlarni kiritish vositalaridan foydalaniladi. Bu vositalarga klaviatura va holatga o‘tish qurilmalari kiradi.
Klaviatura. Klaviatura – tizimga buyruqlar va ma’lumotlarni kiritish uchun foydalaniladigan eng muhim kompyuter qurilmalaridan biri hisoblanadi.
Klaviaturaning quyidagi asosiy turlari mavjud:

Hozirgi kunda eng ko‘p tarqalgan klaviaturalar kengaytirilgan 101va104 ta tugmali klaviaturalardir.
Kengaytirilgan 101 va 104 tugmali klaviaturalar. IBM kompaniyasi 1986-yilda XT va AT yangi modellari uchun kengaytirilgan 101 ta tugmali klaviaturalar ishlab chiqara boshladi. Bu klaviatura dastlab IBM kompaniyasining RISC tipidagi RT PC kompyuterlarida qo‘llana boshladi.
Kengaytirilgan klaviaturalarning bir nechta turlari mavjud, ammo ular bir-birining o‘rnini bosa oladigan va aynan bir xil elektr ko‘rsatkichlarga ega. Bu turdagi ko‘pchilik kengaytirilgan klaviaturalar kompyuterga 5 kontaktli DIN razyomi yordamida ulanadi, ammo yangi variantlarda ko‘pchilik tizimlarda o‘rna tilayotgan, 6 kontaktli miniDIN razyomlari ishlatiladi, masalan PS/2.
Razyomlarni har xil bo‘lishiga qaramasdan, klaviaturalarning o‘zi aynan bir xildir, xohlagan vaqtda ularning ulanish kabellarini almashtirish yoki o‘tish razyomlaridan foydalanish mumkin. Ko‘p klaviaturalarda barcha yangi tizimlarga ulanish imkonini beruvchi miniDIN razyomi standarti bilan bir qatorda USB porti ham mavjud.
Kengaytirilgan 101ta tugmali klaviatura shartli ravishda quyid agi sohalarga bo‘linadi:

Zamonaviy klaviaturaga kiritilgan yangiliklardan biri yechiladigan tugmalarlardan foydalanish imkonining mavjudligidir. Bu singan tugmalarni almashtirish imkonini beradi hamda klaviaturani tozalashni osonlashtiradi. Ko‘p ishlab chiqaruvchilar klaviatura uchun maxsus ko‘rsatmalar ko‘zda tutilgan andozalar ishlab chiqaradi.

Download 5.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling