1. Belgili (simvolli) axborotlarni kiritish vositalari Grafik axborotlarni kiritish qurilmalari
Download 5.05 Mb.
|
Grafik axborotlarni kiritishning maxsus vositalari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Maxsus dasturiy ta’minotni o‘rnatish
ko‘rinishi.
Elektr planshetlarda elektr po- tensial to‘rning mahalliy o‘zg arishi ko‘rsatgich ostida qayd qilinadi, elektromagnit planshetlarda ko‘rsatgich to‘r qabul qiladigan elektromagnit signalni chiqaradi. Planshetning jismoniy tiniqlik berish xususiyatining chegarasi qayd qiluvchi to‘rning ma’lumotlarni o‘qish qadami bilan belgilanadi. Digitayzer aniqligi uning konstruktiv xususiyatlariga bog‘lik va millimetrning yuzdan to o‘ndan bir qismigacha bo‘lgan oraliqda bo‘lishi mumkin. Quyida yarim avtomatlashtirilgan planshetlarga misollar keltirilgan: Graphic Master CC45 digitayzeri (Numonics firmasi), planshet ekrani maydoni 12×18 dyuym, 0,1 mm zichlikda, 4 ta tugmali koordinata ko‘rsatgichi mavjud; Dextra Point DD-1212 digitayzeri (Dextra firmasi), planshet ekrani maydoni 12×18 dyuym, zichligi 1dyumga 100–1000 chiziq, imeetsya 4 ta tugmali koordinata ko‘rsatgichi mavjud; Drawing Board digitayzer (Calcomp firmasi), planshet ekrani maydoni A4 formatga mos keladi, zichligi 240 dpi, kompyuter bilan RS-232 interfeysi orqali ulanadi. Digitayzerlar uchun ko‘rsatgich qurilmasi sifatida, odatda, 2–4 tugma bilan ta’minlangan qalamdan foydalaniladi. Qalamlar 256 tagacha chiziq qalinligida ranglarni va ularning farqlarini qabul qilishi mumkin. Ko‘rsatgich qurilmalarining (qalam va kursor) imkoniyatlaridan samaraliroq foydalanish uchun ShK da mos keluvchi amaliy dasturlar (masalan, Adobe PhotoShop, Autodesk) o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 3. Maxsus dasturiy ta’minotni o‘rnatishSkanerning ishini boshqarish uchun drayver deb nomlanuvchi muvofiq dastur kerak bo‘ladi. Yaqin vaqtlargacha skanerlar uchun mo‘ljallangan har bir drayver o‘zining shaxsiy interfeysiga ega edi. Bugungi kunda skanerlar uchun TWAIN standarti mavjuddir. TWaIN – bu amaliy dastur bilan tashqi qurilmalarning o‘zaro ma’lumot almashishini ta’minlaydigan standart. Bu standart skanerdan ma’lumotlarni olishni talab qilgan ilovani va skanerni bog‘lab turuvchi dasturiy drayverning vazifalarini izohlab beradi. Barcha yirik skaner ishlab chiqaruvchi kompaniyalar skaner va amaliy dasturlarning bir-biriga mos kelishini ta’minlash uchun majburiy holda TWAIN standartini qo‘llaydilar. TWAIN spetsifikatsiyasini yaratishdan asosiy maqsad moslikni ta’minlash muammosini yechish, ya’ni turli xil kiritish qurilmalarini ixtiyoriy dasturiy ta’minot bilan oson birlashtirish edi. Aniqroq aytganda, bir necha asosiy savollarga javob beradi: birinchidan, kompyuterlarning turli platformalarini quvvatlash; ikkinchidan, turli qurilmalarni (turli skanerlar va videoni kiritish qurilmalari bilan birga) quvvatlash; turli skanerlardan va video kiritish qurilmalaridan foydalanish; uchinchidan, turli formatdagi ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatini ta’minlash. TWAIN-interfeysi tufayli TWAINni quvvatlaydigan amaliy dasturlar, masalan, CorelDraw, Picture Publisher, PhotoFinish ishlayotganda bir vaqtning o‘zida tasvirlarni kiritish mumkin. Demak, ixtiyoriy TWAINni quvvatlaydigan dastur TWAIN ni quvvatlaydigan skaner bilan birga ishlay oladi. Tasvir ko‘rinishlari kompyuterda turli, masalan, TIFF, RSX, VMR, GIF va boshqa formatdagi grafik fayllarda saqlanishi mumkin. Rasmni skanerlashda olingan fayl katta o‘lchamli va hajmli (10– 100 MBayt) bo‘ lishi mumkin. Saqlanayotgan axborotning hajmini kamaytirish uchun, odatda, bunday fayllarni kompressiyalash (siqish) jarayoni qo‘llaniladi. Epson skanerlari uchun majmua tarkibida qabul qilingan tasvirni skanerlash va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni bajaruvchi dasturiy ta’minot mavjud bo‘ladi. Epson Scan. Epson Scan dasturi yordamida hujjat yoki shaffof rasmni skanerlash mumkin. Avtomatik ish tartibidan foydalanib, dastur barcha ishni o‘zi bajaradi, faqat hujjat yoki shaffof rasmni skanerga joylashtirish va tugmani bosish lozim. Download 5.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling