Optik sichqoncha. Sichqonchaning joyini o‘zgartirishini qayd qilishning optik usuli eng rivojlangan usullardan biri hisoblanadi. Mouse Systems kompaniyasi ishlab chiqargan optik sichqonchaning dastlabki konstruksiyasida ishlash uchun koordinatli to‘rli maxsus gilamcha talab qiladigan datchik qo‘llanilgan. Bunday konstruksiyali qurilmalar yuqori aniqlikda ishlagani sababli, keng foydalaniladi. 3-rasmda optik sichqoncha ko‘rsatilgan.
Optik sichqoncha an’anaviy zoldir tipidagi sichqoncha singari odatda simli va simsiz bo‘ladi. Simsiz sichqonchalarda axborot infraqizil datchikl arga yoki radio chastotalarda uzatiladi.
Holatga o‘tish qurilmalarining in terfeyslari. Sichqonchani kompyu terga quyidagi usullar bilan ulash mumkin:
ketma-ketli interfeys orqali;
tizimli platadagi sichqonchaning maxsus porti (PS/2) orqali;
ketma-ket shinalli universal port (USB) orqali;
Bluetooth yoki boshqa turdagi simsiz aloqa yordamida.
Klaviatura interfeysi. ShK klaviaturasi asosiy ti zimga quyida keltirilgan ikki usuldan biri bilan ulanadi:
Tizimli blok bilan bog‘lanish 11 bitli ma’lumotni uzatuvchi ketma-ket kanal orqali amalga oshiriladi. Bulardan 8 biti ma’lumotning o‘zini, qolgan 3 biti moslashtiruvchi va boshqaruvchi signallarni uzatadi.
Sichqoncha va klaviaturani ulash razyomlari. IBM klaviaturalarida dastlab ikkala tomonidagi uchlarida ulash razyomlari mavjud bo‘lgan kabeldan foydalanilgan, bu o‘z o‘rnida uni almashtirishni osonlashtirgan. Afsuski, IBM kompaniyasining zamonaviy klaviaturalarida SDL shtekkerli yoki telefon razyomlariga o‘xshash razyomlardan foydalanilmaydi.
Kabelni klaviaturaga ulash usulidan qat’iy nazar kabelning ikkinchi uchi tizimli bloka quyida keltirilgan shtekkerlardan biri yordamida ulanadi:
4-rasmda bu razyoml arning tashqi ko‘rinishi va kontaktlarning joylashtirilishi keltirilgan.
Shteker Razyom qismi
5-kontaktli
D IN razyomi
6-kontaktli mini-DIN razyomi
4-rasm. Klaviatura va sichqonchaning razyomi.
Do'stlaringiz bilan baham: |