1. Belgili (simvolli) axborotlarni kiritish vositalari Grafik axborotlarni kiritish qurilmalari
Download 5.05 Mb.
|
Grafik axborotlarni kiritishning maxsus vositalari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Planshetli skanerning
- Planshetli skanerlarning konstruksiyasi.
- Skaner ishlashining sxematik ko‘rinishi
S tol usti skanerlarini sahifali, planshetli, xatto avtoskanerlar deb ham ataydilar. Bunday skanerlar 8,5 ga 11 dyuymli yoki 8,5 ga 14 dyuymli o‘lchamdagi tasvirlarni kiritish imkonini beradi. Stol usti skanerlarining 3 xil turi mavjud: planshetli (flatbed), rulonli (sheet-fed) va proeksion (overhead).
Planshetli skanerlarning asosiy farqi shundaki, skanerlovchi moslama qog‘ozga nisbatan qadam dvigiteli 6-rasm. Planshetli skanerning yordamida harakat qiladi. ko‘rinishi. Tasvirni skanerlash uchun barabanli skaner ofislar uchun skaner 7-rasm. Rulonli (o‘rama) skaner turlari. skaner qopqog‘ini ochib, skanerlanayotgan varaqdag i tasvirni pastga qarat gan holda shisha plastinaga qo‘yiladi, so‘ngra qopqoq yopiladi. Barcha keyingi skanerlash jarayonini boshqarish bu skaner bilan birga taqdim etiluvchi maxsus dasturda ishlash bilan kompyuter klaviaturasi yordamida amalga oshiriladi. Bu turdagi skanerlarning ommaviylashgan turiga Hewlett Packard firmasi ishlab chiqargan model kiradi. Rulonli skanerlarni ishlash tartibi oddiy faksmashinasining ishlash usulini eslatadi. Hujjatlarning alohida varaqlari shunday qurilma orqali tortiladi, shu bilan birga ularni skanerlash amalga oshiriladi. Shunday qilib, skanerlash moslamasi o‘z joyida turadi, qog‘oz esa unga nisbatan harakat qiladi. Stol usti skanerlarining uchinchi turi – proeksion skanerlar bo‘lib, ular ko‘proq o‘ziga xos bo‘lgan proeksiyalash apparatini (yoki foto kattalashtirgichni) eslatadi. Kiritilayotgan hujjat tasviri yuqoriga qaragan holda qo‘yiladi, bunda skanerlash bloki ham yuqorida joylashgan bo‘ladi. Faqat skanerlovchi qurilma harakatda bo‘ladi. Ushbu skanerlarning asosiy xususiyati uch o‘lchamli proeksiyalarni skanerlash imkoniyatining mavjudligidir. Planshetli skanerlarning konstruksiyasi. Planshetli skanerlarni ishlash tamoyilini ko‘rib chiqamiz. Skanerlanuvchi obyekt oyna ustiga skanerlanuvchi yuzani pastga qaratgan holda qo‘yiladi. Oyna tagida harakati qadamli divigatel tomonidan boshqariladigan surilma lampa joylashgan (8-rasm). Skanerlanayotgan obyekt Mahkamlangan ta’sirchan CCD matritsasi 8-rasm. Skaner ishlashining sxematik ko‘rinishi Obyektdan qaytgan nur ko‘zgu tizimi orqali o‘ta ta’sirchan matritsaga tushadi (CCD – Couple-Charged Device), so‘ngra ARO‘ga va kompyuterga uzatiladi. Dvigatelning har bir qadamida obyektning bir qismi skanerlanadi, so‘ngra dasturiy ta’minot yordamida umumiy tasvir ko‘rinishiga keltiriladi. Ofis uchun mo‘ljallangan zamonaviy skanerlarning ko‘pchiligi ikki turdagi matritsalarga: CCD (Charge Coupled Device)ga yoki CIS (Contact Image Sensor)ga asoslangan bo‘ladi. CIS-skanerining g‘ilofi CCD – apparatiga qaraganda yassi bo‘ladi (uning balandligi, odatda, 40–50 mm atrofida bo‘ladi). Ushbu skanerlar asosiy afzalliklari va kamchiliklari quyidagi 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval Download 5.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling