N I z o m I y n o m I d a g I t d p u n I n g 2 g u r u h k I m y o
Download 25.3 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqAnalitik Kimyo MT
N I Z O M I Y N O M I D A G I T D P U N I N G 2 0 2 - G U R U H K I M Y O TAL A B A S I S O B U R O V D I Y O R N E K N I N G M U S TAQ I L I S H I HAJMIY ANALIZ VA UNING METODLARI H A J M I Y A N A L I Z VA U N I N G M E TO D L A R I . R E J A : M I Q D O R I Y V A H A J M I Y A N A L I Z N I N G M O H Y A T I V A U S L U B L A R A N A L I T I K T A R O Z I L A R M I Q D O R I Y K I M Y O V I Y A N A L I Z U S U L L A R I K I M Y O V I Y AN AL I Z VA F I Z I K - K I M Y O V I Y AN AL I Z Kimyoviy analiz tekshiriladigan namuna bilan maxsus tanlangan va tayyorlangan reaktivlar orasidagi kimyoviy reaksiya natijasida ro‘y beruvchi hodisalarni va hosil bo‘luvchi moddalar xossasini kuzatishga asoslangan. Fizik-kimyoviy va fizik-texnik asbobiy (instrumental) usullar namunaning fizikaviy xossalarini (elektronlar potensiali, tok kuchi, spektrlarning yutilishi, sochilishi, chiqarilishi va boshqalarni) alohida asboblar yordamida o‘lchashga asoslangan. M I Q D O R I Y VA H AJ M I Y AN AL I Z N I N G M O H YAT I VA U S L U B L AR Miqdoriy analizning vazifasi modda tarkibiga kirgan ayrim element yoki birikmalarning shu moddadagi miqdorini aniqlashdan iborat. Miqdoriy analiz usullari, umuman, ikki guruhga bo‘linadi: kimyoviy analiz va fizik-kimyoviy analiz. A N A L I T I K TA R O Z I L A R Tarozilar kimyoviy analizda ishlatiladigan asosiy asboblardan biri hisoblanadi. Analiz qaysi usul bilan bajarilmasin, uning natijasi tekshirilayotgan moddaning ma’lum miqdoriga keltirilishi, masalan, uning og‘irligiga nisbatan foizlarda ifodalanishi kerak M I Q D O R I Y K I M Y O V I Y A N A L I Z U S U L L A R I Kimyoviy analiz usullariga quyidagilar kiradi: 1) tortma (gravimetrik) analiz; 2) hajmiy (titrimetrik) analiz; 3) gaz analizi. Miqdoriy analizda ham sifat analizida qo‘llaniladigan ionlar reaksi- yasidan foydalaniladi. H A J M I Y A N A L I Z N I N G M O H I YAT I Hajmiy, ya’ni titrimetrik analizda reaksiyaga kirishayotgan moddalarning aniq hajmi o‘lchanadi va ulardan birining ma’lum konsentratsiyasi asosida ikkinchisining noma’lum konsentratsiyasi aniqlanadi. Konsentratsiyasi ma’lum bo‘lgan va uning yordamida boshqa eritmadagi moddaning konsentratsiyasi aniqlanadigan eritma titrlangan yoki standart ishchi eritma deb ataladi. T IT R IM E T R IK AN AL IZ Titrimetrik analiz bajarilish jihatidan gravimetrik analizga nisbatan birmuncha afzallikka ega Titrlash jarayonida reaksiyaga kirishayotgan moddalarning miqdorlari aralashmada ekvivalentiga tenglashganini ko‘rsatuvchi ekvivalentlik nuqtasi kuzatiladi. Shu nuqqada sarflangan standart ishchi eritmaning hajmi belgilanadi va titrlash to‘xtatiladi. Titrimetrik analizda ekvivalentlik nuqtasini aniq qayd qilish zarur. Ekvivalentlik nuqtasini belgilashga imkon beradigan moddalar indikatorlar, rangli reaktivlar bo‘lib, ular reaksiya jarayonida o‘z rangini o‘zgartiradi H A J M I Y A N A L I Z U S U L L A R I N I N G TA S N I F I Titrimetrik analizda turli xil reaksiyalar: kislota-asosli birikish, oksidlanish-qaytarilish cho‘ktirish, kompleks hosil bo‘lishi va boshqa reaksiyalar qo‘llaniladi. Bu reaksiyalar titrimetrik analiz shartlarini qanoatlantirishi kerak. Ayrim titrimetrik usullar asosiy reaksiya turining yoki titrantning nomi bilan ataladi. Argentometriya usulida AgNO3 titrant, permanganatometriyada KMnO4 titrant bo‘ladi va h.k. Analiz usuli deganda, analizning negiziga qo`yilgan tekshirishning umumiy tamoyillari tushuniladi.Tanlangan usul muayyan metodikalar asosida analizni bajarishni ko`zga tutadi. Metodika – analizni bajarishning barcha shart-sharoitlari, amallari va bosqichlarini batafsil qamrab oladi. Har qanday moddalarni analiz qilish uchun usul tanlashda tekshiriladigan moddaning obyekt tarkibida taxminan qancha miqdorda ekanligini bilish muhim hisoblanadi. Bu,ayniqsa, aniqlashning pastki chegarasini hisobga olish uchun zarurdir.Tanlanadigan usulning sezuvchanligi moddaning obyektdagi miqdoridan yuqori bo`lishi kerak. Turli xil usullar turli sezuvchanlikka ega. A N A L I T I K R E A K S I YA N I N G S E Z U V C H A N L I G I S e z u v c h a n l i k – aniqlanadigan moddaning berilgan usul yordamida topilishi mumkin bo`lgan eng kam miqdoridir.Analiz uchun turli tabiiy, ishlab chiqarish,oziq – ovqat , atrof- muhit, kriminalistik arxeologik, tibbiy va boshqa obyektlarni olinishi mumkin. Analiz davomida moddaning sifat va miqdoriy tarkibi haqida axborot – ma`lumot olingani uchun uni axborot olish jarayoni deb qarash mumkin.Bunday analiz ko`z bialn kuzatish yoki biror asbobda o`lchash bilan bog`liq. To`langan axborot analitik belgi bo`lib hisoblanadi. IYUPAK ning tavsiyasiga ko`ra analitik belgi aniqlanadigan moddaning obyekt tarkibidagi miqdori bilan bevosita bog`liq bo`lgan, tahlilning oxirgi bosqichidagi o`lchangan fizikaviy kattaliklarning o`rtacha qiymatidir. A n a l i t i k b e l g i moddaning tarkibi bilan bog`liq bo`lib, uni matematik jihatdan Y=fx shaklida tasvirlash mumkin, bu yerda y – analitik belgi; x – moddaning miqdorini belgilovchi kattalik, masalan, konsentratsiya. O`lchash natijasi formula, jadval yoki chizma shaklida tasvirlanishi mumkin. Metrologiya nuqtai nazaridan kimyoviy tahlilning quyidagi xususiyatlarini keltirish mumkin: 1) Bir moddaning miqdori aniqlanayotganda, ko`pincha ko`p moddalar o`lchanayotgan bo`ladi.Shuning uchun ham o`lchashdan oldin moddaning tarkibini bilishga to`g`ri keladi.Sifatiy tahlilning miqdoriy tahlildan oldin bajarilishi ham shundan. 2) O`lchashningo`zi, ko`pincha, bevosita bo`lmaydi.Odatda, u yoki bu zarra- chalarning soni emas, balki massasi (granimetriya), hajmi (titrimetriya), patensiali (patensiometriya) singarilar o`lchanadi. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Soburov Diyorbek Download 25.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling