TEST
Ijtimoiylashuv atamasini birinchi bo‘lib qo‘llagan olimni toping.
E. Fromm
F.G. Keddings
A. Antonov
G. Andreycva
«Ijtimoiylashuv — bu ijtimoiy o‘rganishdir» degan fikr psi- xologiyaning qaysi ilmiy maktabi tomonidan ilgari surilgan?
neobixeviorizm namoyandalari
interaksionizm vakillari
gumanistik psixologiya vakillari
geshtalt psixologiya vakillari tomonidan
Ijtimoiylashuv jarayoniga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
ijtimoiylashuv mexanizmlari
adaptatsiya va identifikatsiya
biologik va madaniy kontekst
oila va din
Adaptatsiya — bu...
shaxsning o‘z ichki xususiyatlarini o‘zi yashayotgan muhit xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishi
individ tomonidan ongli va ongsiz ravishda boshqalarning xulq-atvorini, qadriyatlarini va ijtimoiy me’yorlarini o‘zida qayta tiklashi (o‘ziniki qilib o‘zlashtirish)
individ tomonidan ongli va ongsiz ravishda boshqalarning xatti-harakati, yurish-turishi, gapirishini o‘zida qayta tiklash (o‘ziniki qilib o‘zlashtirish)
individ tomonidan ongli va ongsiz holatda u bilan mulo- qotga kirgan insonlarning fikrlari, his-tuyg‘ulari, dunyoqarash- larini o‘zida qayta tiklash (o‘ziniki qilib o‘zlashtirish)
Do'stlaringiz bilan baham: |