N. Ismoilova, D. Abdul- layeva; 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Ijtimoiy sanksiya va uning turlari
Download 356.57 Kb.
|
Ijtimoiy psixologiya
Ijtimoiy sanksiya va uning turlari
Ijtimoiy sanksiya tushunchasi ostida jamiyat uchun aha- miyatga ega vaziyatda shaxsning xatti-harakatlariga nisbatan ijtimoiy guruh yoki jamoatchilikning munosabati tushuniladi. Yana ham aniqroq qilib aytganda, ijtimoiy sanksiya — bu jami- yatdagi me’yorlarni jamiyat a’zolari tomonidan bajarilishi yoki bajarilmasligiga nisbatan boshqa bir kishilar tomonidan bildiri- ladigan jazolash yoki rag‘batlantirish vo'llaridir. Sanksiyalarni bu ma’noda ijobiy yoki salbiy sanksiyalarga ajratish mumkin. Masalan, ijtimoiy me’yorlar bajarilgan holatda ijobiy sanksi- yalar qo‘llanilsa, me’yorga amal qilinmaganda salbiy sanksi- yalar qo‘llaniladi. Shaxs jamiyatdagi mavjud biror turdagi me’yorni buzganda o‘ta qattiq sanksiyalar — davlatdan quvg‘in qilish, o‘lim jazosi, qamoq jazosi kabilar qo‘llaniladi. Sanksiyalarning eng og‘iri tabu (axloqiy me’yorlarga qaraganda ancha jiddiy taqiq) va yuridik qo- nunlarni (masalan: odam oddirish, davlat sirlarini sotish) buzish- ga nisbatan qollanilsa, eng yumshog‘i — guruhiy me’yorlarning, shu jumladan oilaviy me’yorlarning (ro‘mol o‘ramaslik) alohida ko‘rinishlarini buzish kiradi. Ammo shunday guruhiy odat yoki udumlar yoki me’yorlar mavjudki, ular juda qadrlanadi va ular- ning buzilishiga yoki ularga amal qilmaslikka qarshi ham qattiq choralar, sanksiyalar qo‘llaniladi. Ba’zan bir vaziyatda bir necha ijtimoiy me’yor qoidalari va ularni nazorat qiluvchi sanksiyalar mavjud bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida shaxsning ko‘p qirrali, har tomonlama tartibli bo‘lib rivojlanishiga o‘z ta'sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Olimlar tomonidan sanksiyaning verbal va noverbal tur- lari ajratilgan. Bundan tashqari yana to‘rt turi ajratilgan bo‘lib, ular: pozitiv, negativ, formal, noformal. Ular yana to‘rt tipdagi uyg‘unlikni namoyon etadi. Sanksiyalarning mavjudligi kishilarni ijtimoiy me’yorlarga amal qilishga chorlaydi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy me’yorlarga amal qilgan yoki qilmagan shaxs jamiyat a’zolari tomonidan turli xil sanksiyalarga duch kelishini bilgani va ang- lagani holda mavjud me’yorlarni qabul qilib, ularga amal qila- di.
Tadqiqotchilar ijtimoiy me’yorlarning buzilishiga nisba- tan bee’tiborlik yoki me’yorga amal qilinmaganda sanksiya qo‘llanilishi yoki qo‘llanilmasligi holatini o‘rganish maqsadida odamlarga so'rovnoma bilan murojaat qilganlar. So‘rovnomaga kiritilgan quyidagi savolga nisbatan bildirilgan munosabatlar orqali ma’lum bir vaziyatda jamiyat a’zolari tomonidan sanksiya qanchalik tez-tez qo‘llanilishi o‘rganilgan. Savol va unga beri- ladigan javob variantlari quyidagicha: Siz jamoat transportidasiz- Avtobusga yoshi katta ayol chiqdi. U qoTida og‘ir yuk bilan bir yosh o'smir bolaning oldiga keldi. Bola esa ayolni ko‘ra turib unga joy bermadi. Bunday holda Siz: E 'tibor bermayman (bu holatga aralashmayman) Bolaga o‘qrayaman yoki ichimda uni yoqlamay o ‘tiraveraman d) Bolaga tanbeh beraman (so‘zlar orqali) Yoshi, millati va jinsi turlicha bo‘lgan 25 ta odamga ushbu so'rovnoma bilan murojaat qilingan. Uning natijalari quyidagi diagramma orqali ko‘rsatiladi: O‘qrayaman Tanbeh beraman E’tibor bermayman Download 356.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling