N. Ismoilova, D. Abdul- layeva; 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Shaxsni o‘rganishning ijtimoiy psixologiya uchun o‘ziga xosligi
Download 356.57 Kb.
|
Ijtimoiy psixologiya
Shaxsni o‘rganishning ijtimoiy psixologiya
uchun o‘ziga xosligi Shaxs u yoki bu xildagi hayot tarzini tanlash imkoniga ega bo‘lgan ongli va faol insondir. Ijtimoiy psixologiyada shaxsning shaxsiy va psixologik sifatlarini o‘rganishga katta e’tibor berila- di, chunki bunday ma’lumotlarni bilish va shaxslararo munosa- batlarda hisobga olish juda muhimdir. Inson shaxsi jamiyatning a’zosi sifatida turli xil o‘zaro munosabatlar doirasida faoliyat yu- ritadi. Shaxsning shakllanish jarayoniga shaxslararo munosabat- lardan tashqari jamiyatdagi mavjud siyosiy doiralar va mafkuraviy qarashlar ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, mafkuraviy qarash- lar jamiyatdagi ma’lum bir g‘oyalar tizimi sifatida shaxsga ta’sir ko‘rsatib, uning psixologiyasi, dunyoqarashi, shaxsiy va ijtimoiy ustanovkalarining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Shaxs psixologiyasining shakllanishiga u mansub bo‘lgan ma’lum bir ijtimoiy guruhlarning munosabatlari ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunday o‘zaro ta’sir va muloqot jarayonida shaxs- larning bir-biriga ta’siri sodir bo‘lishi bilan birgalikda, jamiyat- ga, mehnatga, odamlarga, o‘zining shaxsiy sifatlariga nisbatan o‘z qarashlariga, ijtimoiy ustanovkalariga ta’sir o‘tkazishi sodir bo‘ladi. Ma’lum bir ijtimoiy muhitda yashar ekan, shaxs u yerda o‘ziga xos o‘ringa, obro‘ga, rolga ega bo‘ladi. Shaxs — ijtimoiy munosabatlarning obyektigina emas, balki uning subyekti va faol ishtirokchisi hamdir. Shaxs — bu konk- ret inson, ma’lum bir davlatning, jamiyatning, guruhning (bu guruh ijtimoiy, etnik, diniy, siyosiy, yoshga oid va h.k. bo4ishi mumkin) vakili, o‘z atrofidagilar bilan ongli munosabat o‘rnata oladigan, ongli ravishda faoliyat yurita oladigan, barcha muno- sabatlarda o‘ziga xos insoniy qiyofani namoyon qila oladigan, shuningdek, o‘ziga xos individual va ijtimoiy xususiyatlarga ega bo‘lgan kishidir. Hozirgi zamon ijtimoiy psixologiyasi sohasida shaxsni o‘rganish ustida olib borilayotgan tadqiqotlar masalasi, ay- niqsa bu boradagi amaliy vazifalar ijtimoiy psixologiya fani- ning markazida turuvchi psixologik va sotsiologik yondashuv yo'nalishlari asosida hal qilinmoqda. Masalan, Amerika va boshqa barcha g‘arb davlatlarida shaxsni o‘rganishga nisbatan ikki xil ijtimoiy psixologiya — «psixologik ijtimoiy psixologiya» va «sotsiologik ijtimoiy psixologiya» mavjud. Bu yo‘nalishlar bir-biriga o‘xshasada, ularning bir-biridan farqli jihatlari ham mavjud. Ya’ni psixologik ijtimoiy psixologiya shaxs va faoliyat, muomala, shaxslararo munosabat, shaxsning ijtimoiy-psixologik tuzilishi, shaxsning kognitiv, konativ, xulq-atvor imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan ijtimoiy ustanovkalar, shaxs va jamoaning ijti- moiy-ruhiy kechinmalari kabi muammolar ustida tadqiqot olib borishni maqsad qilib olgan bo‘lsa, sotsiologik ijtimoiy psixo- logiyada esa ko'pincha jamiyatning ijtimoiy qatlamlarini tahlil qilish, xalqlar psixologiyasi, ommaviy hodisalar psixologiyasi, sinflar, guruhlar, gumanistik psixologiya kabilarga alohida urg‘u beriladi. Ijtimoiy psixologiyada shaxsni o‘rganishning o‘ziga xosligini tushuntirish va ko‘rsatish maqsadida bu sohada ish olib bora- yotgan barcha olimlar o‘z qarashlarini o‘ziga xos tarzda ifodalay olgan. Shulardan biri D. Mayers ijtimoiy psixologiyada shaxsni o‘rganishning o‘ziga xosligini tahlil qilish uchun barchaga ma’lum bo‘lgan bir ertakdan foydalanadi. Bu ertak yoqimtoy Zolushka haqidagi ertak bo‘lib, unda quyi- dagi cha mazmun aks ettiriladi: Taqdir taqozosi bilan Zolushka shahzoda uyushtirgan katta bal (qadimda boy xonadonlar tomonidan maxsus uyushtiriladi- gan raqs kechasi)ga tushib qoladi va shahzodaning e’tiboriga sa- zovor bo‘ladi. Zolushkani qattiq sevib qolgan shahzoda uni izlab kelib, o‘gay onaning xonadonida ko‘rganida avvaliga tanimaydi. Nega? Bu ertak shaxs va uning atrofidagi muhit munosabatlari- ni tushunib olish uchun juda sodda misoldir. Zolushka shah- zoda huzuridagi balda go‘zal, xushchaqchaq, jozibali ko‘ringan bo‘lsa, o‘gay ona huzurida butunlay boshqacha ko‘rinadi va o‘zini boshqacha tutadi. Balda u o‘ziga nisbatan ijobiy munosabatlar doirasida o‘zini go‘zal va ajoyib qiz ekanligiga ishonib aloqaga kirishgan boisa, o‘gay onasining uyida unga nisbatan salbiy munosabatlar ta’sirida o‘ziga nisbatan past baho berishi natijasida o‘zini tortinchoq, kamgap tutadi. Fransuz filosofi Jan-Pol Sartrning ta’kidlashicha, Zolushka bilan sodir boigan voqeada hech qanday hayratlanarli narsa yo‘q, uning fikricha, biz odamlar «hamisha vaziyatlarga bogliqmiz. Bizni vaziyatlardan ajratib bo‘lmaydi, vaziyatlar shaxs sifatida bizni va bizning imkoniyatlarimizni shakllantiradi». Ijtimoiy psixologiya shaxsga turli xil vaziyatlarning ta’sirini o‘rganib, kishilar bir-birlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini va ular bir-birlarini qanday idrok etishlarini o‘rganadigan fan sifatida qiziqarlidir. Shuningdek, uning tadqiqot doirasiga barchani birdek qiziqtiradigan quyidagi savollar ham kiradi: Kishilar bir-birlari haqida nimalarni o‘ylaydilar? Bizning o‘zimiz haqimizdagi tasavvurlarimiz qanchalik to‘g‘ri? Do‘stlarimiz haqidagisi-chi? Notanishlar haqidagi fikrlari- miz-chi? Bizning fikrlarimiz va harakatlarimiz orasidagi aloqa qanchalik ahamiyatga ega? Odamlar bir-birlariga qanday va qay darajada ta’sir o‘tkazadilar? Ijtimoiy muhit ta’siriga qanday qarshilik ko‘rsatish mumkin? Nima uchun odamlar ba’zida bir-birlarini xafa qiladilar, ba’zi paytlarda yordam beradilar? Bu savollarning barchasi o‘zaro bog‘liq boiib, ijtimoiy psixologiya ana shu savollarga javob topish bilan shug‘ullanadi. Qisqasini aytganda, ijtimoiy psixologiyada shaxsni o‘rganishning o‘ziga xosligi shundaki, bu fan odamlar bir-birlari haqida nima o‘ylashidan tortib, ular bir-birlariga qanday ta’sir ko‘rsatishigacha o‘rganadigan fandir. Download 356.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling