N. Ismoilova, D. Abdul- layeva; 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Shaxs ijtimoiylashuvi bosqichlari


Download 356.57 Kb.
bet34/77
Sana25.09.2023
Hajmi356.57 Kb.
#1687818
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   77
Bog'liq
Ijtimoiy psixologiya

Shaxs ijtimoiylashuvi bosqichlari
Shaxs ijtimoiylashuvining quyidagi bosqichlari mavjud:
Rus sotsiologi N.Andreyenkova ijtimoiylashuv jarayonini ikki katta bosqichda tasavvur qiladi. Uning birinchi bosqichi — individ- ning ijtimoiy mavjudod sifatida shakllanishini ta’minlovchi hayot bo‘lagini o‘z ichiga olib, u inson hayotining qariyb uchdan bir qismini tashkil etadi. Bu bosqichda quyidagilar amalga oshadi:

  • ilk ijtimoiylashuv (bolalik davri);

  • meyortiv xulqning marginal jihatlarini o'zjashtirish (o'smirlik davriga togri keladi);

  • ijtimoiylashuv oqibatlarining yaxlit namoyon bojishi

(o‘spirinlikdan balog‘at yoshiga o'tish davrini o‘z ichiga oladi).
Ikkinchi bosqich — shakllanib bo‘lgan shaxsning jamiyatda faoliyat yuritishi davrlarini o‘z ichiga olgan hayot bosqichi. Bun- da shaxs dastlab mehnatga yaroqli jamiyat a’zosi sifatida, so‘ngra nafaqa yoshiga yetgan inson sifatida o‘z o‘rniga ega boladi.
Ijtimoiylashuvning dastlabki yillarida uning samaradorligi ko‘proq yuqorida ta’kidlaganimizdek, oila, undagi ijtimoiy- psixologik muhit va ota-onaning tarbiyachilik burchini qanday ado etganligiga bog'liq bo‘lsa, uning keyingi bosqichlarida ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarining roli ortib boradi. Shunga mos ravishda ijtimoiylashuv usullari ham turlicha bo‘ladi.
Ijtimoiylashuv bosqichlari haqida F.Akromova quyidagi ma’lumotlarni keltiradi:
Birinchi bosqich — mehnat faoliyatigacha bo‘lgan bosqich bo‘lib, unga bolaning maktabgacha yosh davri hamda o‘qish yillari kiradi. Bu davrdagi ijtimoiylashuvning ahamiyati va o‘ziga xosligi shun- daki, bu davrda asosan tashqi ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta’sirlar faol ravishda ongga singdiriladi, mustaqil hayotga tayyorgarlik borasi- da muhim bosqich o‘tiladi. Ikkinchi bosqich — mehnat faoliyati davri — bu davr odamning yetuklik yillari bilan bog‘liq bo‘lib, av- valgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta’sirlarni bevosita faoliyatda, shaxslararo munosabatlarda namoyon etadi. Bu davrda kasbga ega bo‘lish, aniq hayot yo‘lini tanlash, turmush qurish, kelgusi avlodni tarbiyalash kabi shaxsning barcha ijtimoiy fazilatlari shu davrda shakllanadi. Nihoyat, uchinchi bosqich — mehnat faoliyatidan ke- yingi davr bo‘lib, bunga asosan mehnat faoliyatidan so‘nggi qari- lik gashtini surayotganlar kiradilar. Bu davrda ham shaxs ijtimo- iylashuvi davom etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan tajriba boshqalarga uzatiladi, shunga ko‘ra shaxs tuzilishida ham xususiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Katta yoshdagi ijtimoiylashuvning o‘ziga xosligi shundaki, unda individualizatsiya jarayoni aniqroq, sezilarliroq kechadi. Chunki katta odam nafaqat tashqi ta’sirlarni o‘ziashtiradi, balki o‘zidagi iqtidor, malaka, hayotiy tajribasi bilan boshqalarga ham tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatadi, amalda yoshlarga shax- siy o‘rnak ko'rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu nuqtayi nazar- dan, qarilikning ijtimoiy mohiyati shundaki, ota-bobolarimiz asosan o'zlaridagi mavjud ijtimoiy tajribani boshqalarga (farzandlar, nabi- ralar, mahalladagi yoshlar va hokazo) uzatish bilan shug‘ullanadilar va bu narsa avniqsa, Sharq xalqlarida juda e’zozlanadi. Xalqimizda- gi «qari bilganni pari bilmas» degan naql ham bobolar va momolar o‘gitlarining tarbiyalovchi mohiyatini aks ettiradi. Shu sababli ham mustaqil yurtimizda qariyalar e’zozlanadi, mahallaning boshqaruv roli kun savin oshirilmoqda, oila tarbiyaning bosh o‘chog‘i sifatida davlat himoyasida bo’lib kelmoqda. Bu mustaqil davlat voshlarida yangicha tafakkur va ongning shakllanishiga, yurtga sadoqat, va- tanparvarlikning rivojiga olz hissasini qo’shadi.

Download 356.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling