N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil
-mavzu: Xodimlarni tarbiyalash va mehnat intizomini
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil
4-mavzu: Xodimlarni tarbiyalash va mehnat intizomini
mustahkamlash Rеja: 1. Xodimlarni tarbiyalash tushunchasi. 2. Xodimlar mеhnat intizomini mustahkamlash. 3. Mеhnat intizomini buzganlik uchun qo‘llaniladigan javob- garlik choralari. 44 Xodimlarni tarbiyalashda ularning g‘oyaviy-siyosiy, professio- nal va ma’naviy, mehnatga ongli munosabatda bo‘lish bo‘yicha ongini o‘stirish masalasi muhim o‘rin tutadi. Xodimlarning mehnat faolliligini oshirish, mehnat intizomini mustahkam- lash yo‘llarini va usullarini topishda, xodimlarning o‘z xiz- mat vazifalariga vijdonan va halollik bilan yondashishlari uchun rag‘batlantirish usullarini izlashda, jamoat tarbiyaviy ishlarini tashkil etishda xodimlar bo‘limining roli juda katta. Bozor iqtisodiyotining oliy maqsadi, avvalo jamiyatning inson manfaatlari va ehtiyojlarini qondirish, shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun shart-sharoit vujudga keltirish to‘g‘risida ham g‘amxo‘rlik qilish bilan bog‘liq. Ammo bu masalaning birgina to- moni, masalaning ikkinchi tomoni shundan iboratki, mehnat- kash inson o‘z farovonligini oshirishi uchun o‘z shart-sharoitini vujudga keltirish, ya’ni o‘zining yashashi va kamol topishi uchun moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarishi kerak. Ijtimoiy ishlab chiqarish qatnashchilarining mehnat sohasi- dagi va ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish samarali sistemasini ishlab chiqarish, hamda qo‘llash ishini maqsadga muvofiq tarz- da boshqarish uchun korxonaning tarkibiy o‘rinlarida xodimlar bo‘limi, yirik korxonalarda esa «Xodimlar tayyorlashi bo‘limi» tashkil topadi. Korxonaning oldiga qo‘yilgan yangi vazifala rini muvaffaqiyatli bajarish uchun xodimlar bo‘limi xodimlaridan chuqur bilimga va saviyaga ega bo‘lishini talab etadi. Xodimlar bo‘limining asosiy vazifalaridan biri shundan ibo- ratki, oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari bilan shartnomalar tuzi- lishi korxonalar uchun mutaxassislar va malakali xodimlarning jalb etilishining asosiy shakli bo‘lmog‘i kerak. Xodimlar xizmati- dan, xodimlar tayyorlashni rejalashtirishni talab qiladi. Bulardan tashqari xodimlar xizmati xodimlar qo‘nimsizligining oldini olishlari kerak, buning uchun ishdan bo‘shash sababla- rini o‘rganish va analiz qilish lozim. Xodimlarning qo‘nimsizligi sabablari va o‘zgaruvchanligi birinchi navbatda moddiy rag‘batlantiruvchi omillar samaradorligini tashkiliy jihatdan mo- hirlik bilan qo‘llashni ta’minlash kerak. Kadrlar bo‘limi xizmati- ni yaxshilash tadbirlaridan biri shundan iboratki, xizmat vazi- falari yo‘riqnomasi ishlab chiqarilgan va rahbariyat tomonidan 45 tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Korxonada mehnat tartibi ish beruv- chi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa va- killari organlari bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tarti- bi qoidalari belgilanadi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling