N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eslab qoling.
2-topshiriq.
Bog‘lovchilarning qanday mazmuniy munosabat ifodalayotganini ayting. Òinish belgilarini tushuntiring. Bilib oling. Zidlov bog‘lovchilari bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga, ular o‘rtasida zidlik munosaba- ti mavjudligini ham ifodalaydi. Zidlov bog‘lovchilari qo‘shma gapning ikkinchi qismi boshida qo‘llanadi va qo‘shma gap qismlari vergul bilan ajratiladi. Eslab qoling. -u(-yu), -da yuklamalari bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga ular o‘rtasida zidlash, ketma-ketlik munosabati mavjudligini bildiradi. 62-mashq. Ko‘chiring. Zidlov bog‘lovchilarini aniqlab, ularning qanday vazifa bajarayotganini ayting. 1. Ashula nihoyasiga yetdi, lekin bir zumdan keyin yana yangi tovush parvoz qildi. (Oybek) 2. Bu daraxtning bo‘yi baland, lekin mevasi kam. (Oybek) 3. Hammasini tinglardim, ammo O‘xshashini topmasdim aslo. (Hamid Olimjon) 4. Oy yoritadi, lekin isitmaydi. 5. Maqtamasman moziyni, biroq O‘tmishingni o‘ylayman bir zum. (A.Oripov) 63-mashq. Ko‘chiring. Zidlov bog‘lovchilari bilan -u (-yu), -da yuklamalarini almashtirish mumkin bo‘lgan gaplarni aniqlang va buning sababini tushuntiring. 1. Soni ko‘p, lekin salmog‘i yo‘q. (Abdulla Qahhor) 2. Mayli, siz yashirdingiz, ammo men yashirmayman. (Oybek) 3. Men o‘z fikrimni 27 aniq tushuntirib berishga harakat qilyapman, lekin siz uni eshitishni xohlamayapsiz. (Olimjon Õoldor) 4. Òermometr hamshiraning qo‘lidan tushib ketdi-yu, bir tomchi simob yaltirab polga dumaladi. (Said Ahmad) 5. Ba’zilar hordiq chiqarishga kirishadilar-u, ba’zilar podalari izidan cho‘lga qarab ketadilar. (Sh.Õolmirzayev) 64-mashq. Gaplarni ko‘chiring, zidlov bog‘lovchilarini topib, ularni izohlang. 1. Òo‘g‘ri so‘z har narsadan yaxshi, biroq yolg‘onchi va chaqimchidan eshitilgan to‘g‘ri so‘z ham yoqimsizdir. 2. Mol-u puling ketsa-ketsin, ammo vaqtingni zoye ketkizma. 3. Odam umrining lazzati – farzand, lekin noqobil farzand ota-onaning umrini qisqartiradi. 4. Do‘st yomon kuningda asqatadi, biroq qo‘rqoq do‘st yaxshi kuningda ham dushmandan xavflidir. 5. Har kimning zari bo‘lmasa-da, hunari bo‘lsin. («Hikmatnoma»dan.) 65-mashq. Gaplarni o‘qing, zidlov bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplarni aniqlab, ularni izohlang. 1. Kishini tabiat vujudga keltiradi, ammo uni jamiyat kamol toptiradi. (V.G.Belinskiy) 2. Qilgan xatolaringni o‘lguningcha ko‘z o‘ngingda tut, ammo qilgan yaxshiliklaringni unut. (Muhammad Zehniy) 3. Õalqqa xayr-u ehson qilish naqadar ulug‘ fazilat, biroq bu xayr-u ehson beg‘araz bo‘lsa, yana ham yaxshi. (Abdibek Sheroziy) 4. O‘ylamoq yaxshi narsa, biroq ko‘p o‘ylab, xayolparast bo‘lish zararlidir. (Abay) 66-mashq. Zidlov bog‘lovchilarini toping. Ular o‘rniga -u (-yu), -da yuklamalarini qo‘ying. 1. Jondan ortiq narsa yo‘q, lekin do‘stlar uchun jonimiz fido. (Tolib Yo‘ldosh) 2. Bir oycha fizika, matematika fanlarini o‘qidi, ammo xayoli boshqa yoqda bo‘lgani uchun kallasiga hech vaqo kirmadi. (O‘. Hoshimov) 3. Ular bir necha kun yurishdi, biroq hamon chegara ko‘rinmasdi. (S. Siyoyev) 4. Oradagi masofa yiroq, ammo mehr bizni bog‘lab turardi. (Mirmuhsin) 1. Zidlov bog‘lovchilari qanday munosabatda bo‘lgan qo‘shma gap qismlarini bog‘lab keladi? 2. Zidlov bog‘lovchilari o‘rnida -u (-yu), -da yuklamalarini qo‘llab ko‘ring. 3. Zidlov bog‘lovchilari qanday tinish belgisi bilan yozilishini tushuntiring. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling