N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

2-topshiriq.
 Bog‘lovchilarning qanday mazmuniy munosabat
ifodalayotganini ayting. Òinish belgilarini tushuntiring.
Bilib oling. Zidlov bog‘lovchilari bog‘langan qo‘shma gap qismlarini
bog‘lash bilan birga, ular o‘rtasida  zidlik  munosaba-
ti mavjudligini ham ifodalaydi. Zidlov bog‘lovchilari qo‘shma gapning
ikkinchi qismi boshida qo‘llanadi va qo‘shma gap qismlari vergul bilan
ajratiladi.
Eslab qoling. -u(-yu), -da yuklamalari bog‘langan qo‘shma gap
qismlarini bog‘lash bilan birga ular o‘rtasida zidlash, ketma-ketlik
munosabati mavjudligini bildiradi.
62-mashq.
 Ko‘chiring. Zidlov bog‘lovchilarini aniqlab, ularning qanday vazifa
bajarayotganini ayting.
1. Ashula nihoyasiga yetdi, lekin bir zumdan keyin yana yangi tovush
parvoz qildi. (Oybek) 2. Bu daraxtning bo‘yi baland, lekin mevasi kam.
(Oybek) 3. Hammasini tinglardim, ammo O‘xshashini topmasdim aslo.
(Hamid Olimjon) 4. Oy yoritadi, lekin isitmaydi. 5. Maqtamasman moziyni,
biroq O‘tmishingni o‘ylayman bir zum. (A.Oripov)
63-mashq.
 Ko‘chiring. Zidlov  bog‘lovchilari bilan -u (-yu), -da yuklamalarini
almashtirish mumkin bo‘lgan gaplarni aniqlang va buning sababini tushuntiring.
1. Soni ko‘p, lekin salmog‘i yo‘q. (Abdulla Qahhor) 2. Mayli, siz
yashirdingiz, ammo men yashirmayman. (Oybek) 3. Men o‘z fikrimni


27
aniq tushuntirib berishga harakat qilyapman, lekin siz uni eshitishni
xohlamayapsiz. (Olimjon Õoldor) 4. Òermometr hamshiraning qo‘lidan
tushib ketdi-yu, bir tomchi simob yaltirab polga dumaladi. (Said Ahmad)
5. Ba’zilar hordiq chiqarishga kirishadilar-u, ba’zilar podalari izidan cho‘lga
qarab ketadilar. (Sh.Õolmirzayev)
64-mashq.
 Gaplarni ko‘chiring, zidlov bog‘lovchilarini topib, ularni izohlang.
1. Òo‘g‘ri so‘z har narsadan yaxshi, biroq yolg‘onchi va chaqimchidan
eshitilgan to‘g‘ri so‘z ham yoqimsizdir. 2. Mol-u puling ketsa-ketsin,  ammo
vaqtingni zoye ketkizma. 3. Odam umrining lazzati – farzand, lekin noqobil
farzand ota-onaning umrini qisqartiradi. 4. Do‘st yomon kuningda asqatadi,
biroq qo‘rqoq do‘st yaxshi kuningda ham dushmandan xavflidir. 5. Har
kimning zari bo‘lmasa-da,  hunari bo‘lsin. («Hikmatnoma»dan.)
65-mashq.
 Gaplarni o‘qing,  zidlov bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma
gaplarni aniqlab, ularni izohlang.
1. Kishini tabiat vujudga keltiradi, ammo uni jamiyat kamol toptiradi.
(V.G.Belinskiy) 2. Qilgan xatolaringni o‘lguningcha ko‘z o‘ngingda tut, ammo
qilgan yaxshiliklaringni unut. (Muhammad Zehniy) 3. Õalqqa xayr-u ehson
qilish naqadar ulug‘ fazilat, biroq bu xayr-u ehson beg‘araz bo‘lsa, yana
ham yaxshi. (Abdibek Sheroziy) 4.  O‘ylamoq yaxshi narsa, biroq ko‘p
o‘ylab, xayolparast bo‘lish zararlidir. (Abay)
66-mashq.
 Zidlov bog‘lovchilarini  toping. Ular o‘rniga -u (-yu), -da yuklamalarini
qo‘ying.
1. Jondan ortiq narsa yo‘q, lekin do‘stlar uchun jonimiz fido. (Tolib
Yo‘ldosh) 2. Bir oycha fizika, matematika fanlarini o‘qidi, ammo xayoli
boshqa yoqda bo‘lgani uchun kallasiga hech vaqo kirmadi. (O‘. Hoshimov) 3.
Ular bir necha kun yurishdi, biroq hamon chegara ko‘rinmasdi. (S. Siyoyev)
4. Oradagi masofa yiroq, ammo mehr bizni bog‘lab turardi. (Mirmuhsin)
1. Zidlov bog‘lovchilari qanday munosabatda bo‘lgan qo‘shma gap qismlarini
bog‘lab keladi?
2. Zidlov bog‘lovchilari o‘rnida -u (-yu), -da yuklamalarini qo‘llab ko‘ring.
3. Zidlov bog‘lovchilari qanday tinish belgisi bilan yozilishini tushuntiring.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling