N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

72-mashq.
  Uyga vazifa.  Yoki..., yoki...; yo..., yo...; goh..., goh... bog‘lovchilari
ishtirok etgan  to‘rtta sodda gap va to‘rtta qo‘shma gap yozingyo, yoki bog‘lovchilari
bilan  goh..., goh...; ba’zan..., ba’zan... bog‘lovchilari o‘rtasidagi mazmuniy farqni
tushuntiring.


30
INKOR  BOG‘LOVCHISI  YORDAMIDA
BOG‘LANGAN  QO‘SHMA  GAPLAR
1-topshiriq.
 Ko‘chiring. Gaplar tarkibidagi na.., na... bog‘lovchisining
vazifasini aniqlang.
1.  Oradan uch kun o‘tdi hamki, Mahmuda na birovga biron ish aytdi, na
murod-u maqsadini surishtirdi. (Nabi Jaloliddin). 2. Ko‘kda na bitta yulduz
ko‘rinadi, na undan tushishi mumkin bo‘lgan bir qatim nur. (Ulug‘bek
Hamdam) 3. Unda na farzandlaringiz, na mol-u pulingiz, na qulingiz sizga
asqatadi. (P. Shermuhammedov)
2-topshiriq. 
Na..., na... bog‘lovchisi yuqoridagi qaysi gaplarda uyushiq
bo‘laklarni, qaysi gaplarda qo‘shma gap qismlarini bog‘lab kelayotganini
ayting.
Bilib oling. Inkor bog‘lovchisi bog‘langan qo‘shma gap qismlarini
bog‘lash  bilan  birga,  ularda  ifodalangan  harakat-holat  yoki
belgining inkorini ham bildiradi. Shuning uchun bunday bog‘langan qo‘shma
gaplarda kesimlar bo‘lishli shakldagi fe’llar yoki bor,  mavjud  kabi so‘zlar
orqali ifodalansa-da, mazmun inkor tarzida anglashiladi. Yozuvda takror
qo‘llanayotgan bog‘lovchidan oldin vergul qo‘yiladi.
73-mashq.
 Matnni ko‘chiring, na..., na... bog‘lovchisi qaysi gaplarda uyushiq
bo‘laklarni, qaysi gaplarda qo‘shma gap qismlarini bog‘lab kelayotganini aniqlang.
1. Xuddi birov ko‘kragimga ming pudli tosh bostirib qo‘ygandek na
qo‘limni, na oyog‘imni qimirlata olaman. (Murodjon Mansur) 2. Na ko‘nglimni
to‘ka olaman, Na o‘glimni so‘ka olaman. (Iqbol Mirzo) 3. Na baqirganingni
birov eshitadi, na yordam deb chaqirganingni o‘zing eshitasan. (Ulug‘bek
Hamdam) 4. Yalqov va besabr bo‘lma, u senga na obro‘, na baxt keltiradi.
(«Hikmatnoma»dan.)  5. Ilmsiz  odam mevasiz yog‘och kabidir: undan na
o‘ziga, na xalqiga foyda bor. («Otalar so‘zi») 6. Na tug‘ilib o‘sgan yurtini, na
qachonlardir uni yer-u ko‘kka ishonmay ne orzu-umidlar ila katta qilgan
ota-onasini, na rasadxona va na undagi do‘stla-ri-yu xojasi Umar Xayyomni
eslardi. (Nabi Jaloliddin) 7. Bir hovlida yolg‘iz turish noqulay bo‘lmasmikan
degan andishani na kanizak xayoliga keltirar edi, na Sidiqjon. (Abdulla Qahhor)

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling