N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

17-dars
82-mashq.
 Nuqtalar o‘rniga qavs ichida berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib, ko‘chiring.
Bu so‘zlarning gapdagi vazifasini ayting.
1. Siz uni tartibga chaqirib qo‘ying, (bo‘lsa, bo‘lmasa, esa) ustidan arz
qilaman.  (Abdulla Qahhor) 2. Ulug‘ Navoiy o‘zigacha yashagan va o‘ziga
zamondosh bo‘lgan shoirlarning baytlarini yig‘ib, «Majolis un-nafois» asarini
tuzgan holda, avlodlar mulkiga aylantirdi, buyuk Sa’diy Sheroziy (bo‘lmasa,
bo‘lsa, esa) xalq donishmandligining nodir namunalariga o‘z iste’dodi shu’lasi
bilan sayqal berib, «Guliston» va «Bo‘ston»larni yaratdi. (E.Vohidov) 3. Aql –
eskirmas kiyim, bilim (bo‘lmasa, esa, bo‘lsa) tuganmas buloqdir. 4. Yaxshi
yaxshiga yondashtiradi, yomon (bo‘lsa, esa, bo‘lmasa) yo‘ldan adashtiradi.
(Maqol) 5. Yaxshilik obro‘ keltiradi, yomonlik (bo‘lmasa, esa, bo‘lsa)
zulmatga olib boradi. (Maqol)
1. Bo‘lsa, esa so‘zlari qanday munosabatda bo‘lgan qo‘shma gap qismlarini
bog‘laydi?
2. u(-yu), -da yuklamalari qanday munosabatda bo‘lgan qo‘shma gap qismlarini
bog‘laydi?
3. Qaysi hollarda -u (-yu), -da yuklamalari o‘rnida va bog‘lovchisini qo‘llash
mumkin?
-u (-yu), -da yuklamalari o‘rniga lekin, ammo bog‘lovchilarini qo‘yib
ko‘ring. Qaysi hollarda ularni almashtirib qo‘llash mumkinligini izohlang.
5. -u (-yu), -da yuklamalarining imlosini izohlang.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling