N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

83-mashq.
  Uyga vazifa. O‘zingiz sevgan badiiy asardan oltita bog‘langan qo‘shma
gap topib, ko‘chiring. Bog‘lovchi vositalarni tushuntiring.
MUSÒAHKAMLASH
1-topshiriq. 
  Va   bog‘lovchisi ishtirokida to‘rtta gap tuzing, u ikkitasida
uyushiq bo‘laklarni, ikkitasida qo‘shma gap qismlarini bog‘lasin.
2-topshiriq.
 Bo‘lsa, esa so‘zlari, -u (-yu), -da yuklamalari ishtirokida oltita
gap tuzing. Ularning vazifalarini tushuntiring.
3— Ona tili, 9-sinf


34
3-topshiriq.
 O‘qing. Bog‘lovchi vositalariga qarab, gaplarni quyidagi
guruhlarga ajratib yozing:
1) biriktiruv bog‘lovchisi yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar;
2) zidlov bog‘lovchisi yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar;
3) ayiruv bog‘lovchisi yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar;
4) inkor bog‘lovchisi yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar;
5) bo‘lsa, esa, -u (-yu), -da yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar.
1. Nuri goh sevinib, shirin xayollarga botadi, goh butun vujudini titroq
bosadi. (Oybek) 2. Kechqurun otam keldi va unga butun voqeani aytib
berdim. (Oybek) 3. Bu sohaning ustasi o‘z so‘zini aytar, lekin biz o‘ylagan
imorat, taxminan, shu shaklda bo‘ladi. (Oybek) 4. Mashina to‘xtadi-da,
undan bir kishi tushdi. (P. Qodirov) 5. Na turmushida halovat bor, na
yemishida rohat bor. (Ulug‘bek Hamdam)
4-topshiriq.
  Ham..., ham...; dam..., dam...; ba’zan..., ba’zan...; yo..., yo...
bog‘lovchilari ishtirokida gaplar tuzing. Ularning vazifasi va ma’nolarini
tushuntiring.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling