N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

18-dars. Nazorat ishi


35
19-dars
ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR
ERGASHGAN  QO‘SHMA GAP
HAQIDA MA’LUMOÒ
1-topshiriq.
 Berilgan gap qismlarining qanday bog‘lovchi vositalar
yordamida bog‘langanini aniqlang.
1.  Olim bo‘lsang, olam seniki. (Maqol) 2. Kamtar bo‘l, chunki kamtarlik
insonni kamolotga boshlaydi. («Òafakkur gulshani»)
2-topshiriq.
 Yuqoridagi gaplar qo‘shma gaplarning qaysi turiga mansubligini
va buning sababini ayting.
Bilib oling. Qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchilar yoki shunday
bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar yordamida bog‘langan qo‘shma
 gaplar ergashgan qo‘shma gaplar hisoblanadi.
84-mashq.
 Gaplarni ko‘chiring. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarni
aniqlab, qo‘shma gap turini ayting.
1. Agar qiz bo‘lsang, otingni Kimsanoy qo‘yaman, agar o‘g‘il bo‘lsang,
Kimsanboy qo‘yaman. (Said Ahmad) 2. Men bilgan yovuz  kishilar u yerda
bor, shuning uchun men bormayman. (Omon Muxtor) 3. Hunar ado bo‘lmas
boylikdir, shu sababli yoshlik chog‘ingdan boshlab biron-bir hunarni o‘rganish
payida bo‘l. 4. Chin do‘st yurakdan so‘zlar, chunki u sening yomon
bo‘lishingni aslo xohlamaydi. 5. To‘g‘ri so‘z qilichdan o‘tkir, shuning uchun
hamisha rost so‘zlashga odatlan.
85-mashq.
 Ko‘chiring. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarni aniqlang.
1.  Olloyorning eng zo‘r sifati shuki, uning qo‘lida yig‘layotgan chaqaloqlar
birdan yupanadi-qoladi. (Murod Muhammad Do‘st) 2. Ot xo‘rsinsa, bir
falokat yuz beradi. (Said Ahmad) 3. Piyoladan bug‘ chiqib turmasa,  choy


36
20-dars
ichganday  bo‘lmayman. (O‘. Umarbekov). 4. Majlis vaqtida  boshlanmadi,
chunki  rais  ushlanib  qoldi.  (Omon Muxtor) 5. Tilagim  shuki,  hamma
bilan  yaxshi  muomalada  bo‘ling. (U. Nazarov)
86-mashq.
 O‘qing, ergashgan qo‘shma gaplarni topib, ko‘chiring. Ergash gapni
bosh gapga bog‘lovchi vositalarni aniqlang.
1. Ortiqcha g‘urur obro‘yingni yo‘q qilur, shuning uchun o‘zingni
boshqalardan baland tutma. 2. Shuni unutmaginki, g‘alvirda suv turmas. 3.
Kimda aql oz bo‘lsa, undagi shuhratparastlik shunchalik kuchayar. 4. Qo‘rqoq
keta turib maqtansa, jasur qaytib kelib maqtanadi. 5. Oraga shunday jimlik
cho‘kdiki, yuragi gupillab urayotgani aniq eshitila boshladi. (O‘. Hoshimov)
87-mashq.
 Shuning uchun, chunki bog‘lovchi vositalari ishtirokida to‘rtta qo‘shma
gap tuzing. Qo‘shma gap turini ayting.
1. Qanday qo‘shma gaplarga ergashgan qo‘shma gap deyiladi?
2. Ergashtiruvchi bog‘lovchilarga  qaysi bog‘lovchilar kiradi?
3. -ki bog‘lovchi vositasining qanday yozilishini izohlang.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling