ERGASHÒIRUVCHI BOG‘LOVCHILI
ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR
1-topshiriq.
Qismlari o‘zaro agar, chunki, toki, go‘yo so‘zlari yordamida
bog‘langan to‘rtta qo‘shma gap tuzing.
2-topshiriq.
Bosh gapga yuqoridagi so‘zlar yordamida bog‘langan ergash
gaplar bosh gapning qanday belgilarini bildirishini ayting.
Bilib oling. Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi,
sharti yoki qiyosini bildirgan ergash gaplar bosh gapga sabab
(chunki, negaki), maqsad (toki), shart (agar, agarda, basharti, mabodo)
ergashtiruvchi bog‘lovchilari, shuningdek, qiyoslash-chog‘ishtiruv (go‘yo,
go‘yoki, xuddi) yuklama-bog‘lovchilari yordamida bog‘lanadi. Sabab,
maqsad, qiyoslash-chog‘ishtiruv bog‘lovchilari ergash gap boshida
qo‘llanadi va ergash gap bosh gapdan so‘ng keladi. Bunday vaqtda yozuvda
ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi.
Shart bog‘lovchilari gap boshida keladi. Ergash gap kesimi shart
maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi. Bunday ergash gaplar bosh gapdan
oldin keladi. Ko‘pincha shart bog‘lovchilari qo‘llanmasa ham, shart mayli
shakli qo‘shma gap qismlarini bog‘layveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |