N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalarni aniqlang. Bilib oling.
ERGASH GAPNI BOSH GAPGA
BOG‘LOVCHI VOSIÒALAR 1-topshiriq. Quyidagi qo‘shma gap qolipida gaplar tuzing. 1) Agar -sa, 2 ) -ki, 3) , chunki 4) shuning uchun 2-topshiriq. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalarni aniqlang. Bilib oling. Ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar yordamida bog‘lanadi: 1) ergashtiruvchi bog‘lovchilar; 2) ko‘makchili qurilmalar (shuning uchun shu sababli, shu tufayli va boshqalar); 3) yuklamalar (-ki); 4) nisbiy so‘zlar (kim – o‘sha, nima —shu, qayer — shu yer va boshqalar); 5) deb so‘zi va boshqalar. 39 94-mashq. Ko‘chiring. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarni aniqlang. 1. Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim. (Said Ahmad) 2. Òilagim shuki, tog‘a, ayam bilan ukalarim kishilarga muhtoj bo‘lmasin. (Oybek) 3. Ikkinchi masala ancha jiddiy, shuning uchun u maxsus o‘rganishni talab qiladi. (Murod Muhammad Do‘st) 4. Agar shu topshiriqni bajarmasa, obro‘yi bir pul bo‘ladi. (Olimjon Õoldor) 5. Kimki dushmani bilan olishganda ham insonparvarlikni unutmasa, u, albatta, yengadi. (Õurshid Davron) 6. Shamol qay tarafga essa, maysa ham o‘sha tomonga egiladi. (Õurshid Davron) 95-mashq. Matnni o‘qing. Qo‘shma gaplarni ko‘chiring. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarni aniqlang. Ongli kishi deyilsa, ongga ega, aql-idrokli odam tushuniladi. Ongli hayot desak, bir maqsadga yo‘naltirilgan turmush ifodalanadi. Ongli so‘zi shunday odamlarni bildiradiki, ular voqelikni, ijtimoiy hayotni, o‘zining mavqeyi hamda tarixiy va fuqarolik burchini yaxshi tushunadilar. («Vatan tuyg‘usi») 96-mashq. O‘qing, ergashgan qo‘shma gaplarni topib, ko‘chiring. 1. Dalalarga chiqing, bahri dilingiz ochilsa, quvvatga kirib ketasiz. (Oybek) 2. Hayotimda kim uchundir foydali inson bo‘lsam, bu mening eng katta yutug‘imdir. 3. Shuni bilingki, vaqtning qadriga yetish, uni behuda o‘tkazmaslik lozim. 4. Ikkovi ham men bilan qadrdonlardek so‘rashdi, shuning uchun darrov suhbatimizga jon kirdi. (Abdulla Qahhor). 5. Ular mening aytganimni qilishadi, chunki men oilamizning kenjatoyiman. (E. A’zamov) 97-mashq. Qismlari o‘zaro go‘yo, go‘yoki bog‘lovchi vositalari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplarga to‘rtta misol keltiring. Bosh va ergash gaplarni aniqlang. 1. Ergash gap bosh gapga qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanadi? 2. -ki bog‘lovchi vositasi qaysi gapning qaysi bo‘lagi tarkibida qo‘llanadi? 3. Go‘yo, xuddi, chunki bog‘lovchi vositalari qaysi gap tarkibida qo‘llanadi va qanday tinish belgisi bilan yoziladi? 4. Nisbiy so‘zlar deganda nimani tushunasiz? Nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langan ergashgan qo‘shma gaplarga misollar keltiring. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling