N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

214-mashq.
 Uyga vazifa. Òurli nutq uslublariga bittadan gap yozing. Bu gaplarning
o‘ziga xos uslubiy xususiyatlarini aniqlashga harakat qiling.
SO‘ZLASHUV USLUBI
1-topshiriq. 
Matnni o‘qing.
— Birontasini ko‘rsatsangiz, o‘lasizmi? Hammaning yuragini qon qildingiz-
ku?
— Yaxshi xat yozsa ham yig‘laysan, yomon xat yozsa ham yig‘laysan,
nima qilaman ko‘rsatib?  (Abdulla Qahhor)
2-topshiriq.
  Parcha qaysi nutq uslubiga xos ekanligini ayting.
Bilib oling. Oilada, ko‘cha-ko‘yda kishilarning fikr almashishi jarayonida
qo‘llaniladigan nutq  uslubi so‘zlashuv uslubi sanala-
di. So‘zlashuv uslubi adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga
oladi.
Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so‘zlashuv uslubi adabiy
so‘zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlashuv uslubi
esa  oddiy so‘zlashuv uslubi hisoblanadi.
So‘zlashuv uslubining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga
chiqadi. Ikki shaxsning o‘zaro so‘zlashuvi dialogik nutq sanaladi.
So‘zlashuv uslubida so‘zlar ko‘pincha kinoya, piching, qochirimlarga boy
bo‘ladi. Bu uslubning yana bir o‘ziga xos xususiyati — erkinligidir.


91
215-mashq.
 O‘qing. Matnning qaysi uslubga mansubligini va bu uslubning o‘ziga
xos xususiyatlarini ayting.
— Badbaxt fitna! Qo‘yasanmi, qo‘ymaysanmi, axir? «Hubbil vatani
minalimon» deganlar. — «Vatanni sevish imondadir», axir! Bilmasang bekor-
da, Vatani yo‘q  dunyoda lo‘li, xolos. Meni bevatan deb bildingmi?
So‘fi bir oz qizib ham ketdi:
— Bu hovli-joy otangdan qolgani uchun o‘zimniki deysanmi yo? Unday
desang, boshput olib, o‘rusvoyning reli (rels)ga tushib, «Hayt!» deb...
Makatulloga jo‘nab qolaman! Hovling boshingdan qolsin, fitna!
(Cho‘lpon)
216-mashq.
 Matnni o‘qing, og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos bo‘lgan so‘zlarni
toping.
Men Abdulla Qodiriyga qayin ini bo‘laman, ya’ni u kishining zavjalari
Rahbarniso mening opam bo‘ladilar.
«O‘tkan kunlar» nashr etilishi bilan men uni darrov o‘qib chiqdim. Bir
kuni Abdulla pochchamiz uyimizga mehmonga keldilar. Ziyofat chog‘ida
so‘radilar:
— Õo‘sh, mulla Asomiddin, «O‘tkan kunlar»ni o‘qidingizmi?
— Ha, o‘qidim, — dedim g‘ururlanib.
— Necha marta o‘qidingiz?
— Bir marta.
— Hm-m. Bu kitobni bir marta emas, besh marta o‘qish kerak. Shunda
siz muomalani, odobni, hayotni, tarixni, tilni o‘rganasiz,— degandilar.
(Asomiddin Rasulmuhammad o‘g‘li)
217-mashq.
 Ko‘chiring. Matnning qaysi nutq uslubiga xosligini va bu uslubning
o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
— Òuring, Nazirabuvi! Òuring. Òo‘xtabuvinikiga chiqamiz.
— A? Nimaga?
— Òo‘xtabuvinikiga chiqamiz. Rais kelibdi.
— Rais?..
— Endi, o‘g‘lim, dabdurustdan majlis deding... asli shu gapni avval jo‘n
gaplashib, pishiqtirib olsag-u, keyin majlisga solsang bo‘lardi.
— Òo‘g‘ri, avval jo‘n gaplashib olaylik. Õo‘p, majlis yopiq. Gapni bir
joyga qo‘yganimizdan keyin ochamiz. (Abdulla Qahhor)


92

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling