N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

59-dars
218-mashq.
 Ikki guruhga bo‘lining. «Kuch — adolatda» mavzusida bahs uyushtiring.
Qaysi guruh davom ettirolmay qolsa, yutqizgan hisoblanadi. Bahsning qaysi uslubga
oidligini ayting.
1. So‘zlashuv uslubi deganda nimani tushunasiz?
2. So‘zlashuv uslubining qanday turlari mavjud?
3. So‘zlashuv uslubining qanday o‘ziga xos xususiyatlari bor?
4. Dialogik nutq deganda nimani tushunasiz?
219-mashq.
  Uyga vazifa. Rasm asosida «Do‘stlar davrasida» mavzusida dialogli
matn tuzing. Og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos muhim belgilar haqida fikr yuriting.
PUBLITSISÒIK USLUB
1-topshiriq.
 Matnni o‘qing.
Shoshilish zo‘riqishga olib keladi. Qadamingni o‘rinsiz tezlashtirsang, qoqilib
yiqilishing mumkin. Qo‘l harakatingga zo‘r bersang, uni bunga urishtirib


93
yuborishing, tilingni shoshiltirsang, nokerak gapni aytib qo‘yishing, aqlingni
shoshiltirsang xom xulosalarga kelib qolishing mumkin.
(Ò. Sodiqova)
2-topshiriq.
 Matnning qaysi uslubga xosligini va o‘ziga xos uslubiy belgisini
ayting.
Bilib oling. Ommaviy axborot vositalari uslubi publitsistik uslub  sanaladi.
Bu  uslubning  muhim xususiyati  axborot  berish  va
ta’sir qilish bo‘lib, soddalik,  tushunarlilik, ta‘sirchanlik, adabiy til
me’yorlariga qat’iy amal qilishdir.
Publitsistik uslubning ham og‘zaki va yozma shakllari mavjud. Radio-
televideniye uslubi publitsistik uslubning og‘zaki shakliga, gazeta, jurnal
uslubi esa yozma shakliga xosdir.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling