N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


-mashq.  Do‘stingizga xat yozing. Uning o‘ziga xos uslubiy belgilarini (masalan, ariza, buyruq uslubidan farqi) ayting. 239-mashq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

238-mashq.
 Do‘stingizga xat yozing. Uning o‘ziga xos uslubiy belgilarini (masalan,
ariza, buyruq uslubidan farqi) ayting.
239-mashq. 
Namuna asosida sinf o‘quvchilari yig‘ilishining bayonnomasini yozing.
Oqqo‘rg‘on tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim
maktabi 9-sinf o‘quvchilari yig‘ilishining
bayonnomasi
2010-yil, 10-may
Oqqo‘rg‘on shahri
Qatnashdilar:
Sinf rahbari: N. Òoshmatov  va sinf o‘quvchilari
Kun tartibi:
1. Sinf o‘quvchilarining davomati to‘g‘risida
Eshitildi: Birinchi masala yuzasidan N. Toshmatov so‘zladi. U o‘z so‘zida
sinf  o‘quvchilari  tomonidan  IV chorakda  qoldirilgan  darslar  haqida
gapirdi. M. Abdullayev, S. Shokirovlarning bir necha kun darsga kelmaganini
ta’kidladi. Buning sinf davomatiga salbiy ta’sir qilishini aytib o‘tdi.
O‘quvchilarni sababsiz dars qoldirmaslikka chaqirdi.
So‘zga chiqdilar:
X. Usmonova (9-sinf o‘quvchisi):  Men hukumatimiz tomonidan
maktablarga katta e’tibor berilayotganini, bir-biridan chiroyli, hashamatli
maktablar qurilayotganini ta’kidlamoqchiman. Misol uchun bizning
maktabimiz ham yaqinda ta’mirdan chiqdi. Davlatimiz biz yoshlarga umid
ko‘zi bilan qarab turibdi. Biz unga javoban yaxshi o‘qishimiz, darslarni o‘z
vaqtida o‘zlashtirishimiz kerak.
Q. Qo‘chqorova (9-sinf o‘quvchisi): Men ham sinfimizda intizomning
biroz susayganini aytib o‘tmoqchiman. Bunga hammamiz aybdormiz. Kelajak
yoshlarniki. Bas, shunday ekan, biz darslarga qatnashib, bilim olaylik. Zero,
ilmsiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi.
Yig‘ilish qaror qiladi:
1. Sinf davomatini yaxshilash uchun zaruriy chora-tadbirlar ishlab
chiqilsin.
2. Ko‘p dars qoldirgan M. Abdullayev va S. Shokirovlar ogohlantirilsin.
Majlis raisi:
(imzo)
N. Toshmatov
Kotiba:
(imzo)
K. Salimova


101
63-dars
1. Qanday uslubga rasmiy uslub deyiladi?
2. Rasmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
3. Ish yuritish hujjatlari qanday turlarga bo‘linadi?

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling