N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

247-mashq.
 Matnni o‘qing. «Ilm – insoniyat qudrati» mavzusi uchun epigraf
tanlang.
Epigraf tanlangan mavzuga qarab har tomonlama mos keluvchi, unga
ohangdosh tarzda jaranglovchi hikmatli so‘z, taniqli shaxslarning so‘zlari,
maqol yoki matallardan iborat muqaddima so‘z sanaladi.
Epigraf ixtiyoriy bo‘lib, mavzuga g‘oyaviy jihatdan to‘la-to‘kis mos kelishi
lozim. Unda aniqlik va qisqalik, lo‘ndalik bo‘ladi.  Epigraf rejadan so‘ng asosiy
matn tepasiga, o‘ng tarafga qo‘yiladi.
1. Insho deb nimaga aytiladi?
2. Insho turlari haqida so‘zlang.
3. Inshoga qanday reja tuziladi?


107
248-mashq.
  Matnni o‘qing, undan olgan taassurotlaringiz asosida «Ona qishlog‘im
(shahrim)» mavzusida insho yozish uchun reja tuzing, materiallar to‘plang.
Ona qishloq! Sen naqadar kichik va ko‘rimsiz bo‘lmagin, biz uchun
dunyoda eng katta va chiroyli maskansan doim! Sen biz uchun dunyoning
o‘zisan! Vatan deb faxrlanganimizda, biz, avvalo, poyonsiz dalalaringni,
olamdagi bor go‘zallikni o‘z bag‘rida yashirib turgan yam-yashil bog‘-
rog‘laringni, anhorlaringda sharaqlab oqqan suvlaringni, subhidamdan
bo‘stonlaringda muhabbatdan roz aytib, navo bazmini boshlagan bulbullaringni
o‘ylaymiz. Biz qishloq suvini ichib, qishloqning arpa, zog‘ora nonini yeb,
aqlini tanigan odamlarga Vatan sendan, sening dalangdagi egatdan boshlanadi.
Taqdir toshi bizni sendan naqadar yiroqlarga irg‘itib tashlamasin, biz
qanchalik rohat-farog‘atda yashamaylik, o‘sha noningning ta’mi og‘zimizda
turaveradi, qalbimiz to‘riga azal-abad jo bo‘lgan mehring bilan birlashib,
bizni sen tomon undayveradi... Shu boisdan yutuqlarimizni sen bilan
o‘rtoqlashish, dard-hasratimizni senga aytib, ko‘nglimizni bo‘shatish uchun
doim bag‘ringga oshiqamiz... (Turgun Polat)
249-mashq.
 Òohir Malikning «Alvido, bolalik...» qissasidan olingan parchani
o‘qing. Uning mazmuni  haqida suhbatlashing, so‘ng shu mavzuda insho yozishga
tayyorgarlik ko‘ring.
Adabiyot o‘qituvchisi jurnalni stol ustiga qo‘ydi-da, dumaloq ko‘zoynagini
burni uchiga qo‘ndirib, sinfga razm soldi.
— Demak, gap bunday: o‘ttizinchi yillar adabiyotini o‘rganishni ke-
chiktiramiz. ...Òopshiriq bo‘ldi, bugun siz bizga «Baxtli bolalik» degan mavzuda
erkin insho yozib berasiz.
— Hamma yozadimi?
— Bu nima deganlari bo‘ldi, Zoirali bo‘tam, sizga alohida taklif lozimmi
yo?
— Inshoni erkin deyapsiz-ku?
Nomi shunaqa, bo‘tam. Qani, qog‘oz olib, ish boshlanglar, vaqt
ketmasin.
— Samad aka, biz bolalikdan o‘tdik-ku, nimasini yozamiz?
— Hali o‘tib bo‘lganingiz yo‘q, Zoirali bo‘tam, endi o‘tyapsiz. Qilayotgan
ishingizga o‘zingiz to‘g‘ri baho bera olgan oningizdan boshlab bolaligingiz
bilan vidolashasiz. Bolalik qaytmas bo‘lib ketadi. Bolalik sizning xotirangizga
ko‘chadi. Vaqti kelib, bu xotira vijdon azobiga soladi, nimalarnidir qo‘msashga
majbur qiladi. Õullas, sizni har ko‘yga soladi.  U bilan vidolashishga oshiqmang.
Bolalik – hayotning asl pallasi, undan ko‘proq bahramand bo‘lishga intiling...

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling