Muallif: Abdulla Oripov
Download 8.76 Kb.
|
Boltayeva Ozoda 1907 On she\'r tahlili
Boltayeva Ozoda 1. She'r: MUNOJOTNI TINGLAB Muallif: Abdulla Oripov 2.1992 yilda yozilgan. MUNOJOT»NI TINGLAB Qani ayt, maqsading nimadir sening, Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang, Nechun kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim, Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am! Eshilib, to‘lg‘anib infanadi kuy, Qaylardan kelmoqda bu ohu faryod. Kim u yig‘layotgan, Navoiymikin, Va yo may kuychisi Hayyommikin, dod! Bas, yetar, cholg‘uchi, bas qil sozingni, Bas, yetar, ko‘ksimga urmagil xanjar, Nahotki dunyoda shuncha g‘am bordir... Agar shu «Munojot» rost bo‘lsa agar. Agar aldamasa shu sovuq simlar, Gar shul eshitganim bo‘lmasa ro‘yo. Sen beshik emassan, dorsan, tabiat, Sen ona emassan, jallodsan, dunyo! Eshilib, to‘lg‘anib ingranadi kuy, Asrlar g‘amini so‘ylar «Munojot». Kuyi shunday bo‘lsa, g‘amning o‘ziga Qanday chiday olgan ekan odamzod! 3. janri: Lirik, murabba (tòrtlik ) vaznda yozilgan 4.Mavzusi: Ushbu she'r "asrlar g'amini kuylovchi" mashhur "Munojot" kuyi ta'sirida bitilgan bo'lib, unda shoirning qalb torlaridan taralgan ko'ngil nidosi ifodalangan. Hayotning achchiq haqiqatlari, dunyoning turfa jumboqlari haqida mulohaza yuritgan shoir "Sen beshik emassan, dorsan, tabiat, Sen ona emassan, jallodsan, dunyo!" deb yuboradi beixtiyor. Falsafiy ruhda bitilgan ushbu she'r o'quvchini chuqur xayolga toldirishi shubhasiz. 5. Badiiy san'at turlari . Tashbeh, tanosub ,shaxslantirish , tazod kabi vozsilardan foydalanilgan masalan ,eshilib tòlĝonib ingranadi kuy bu yerda jonlantirish ya' ni tashxis sanatidan foydalanilgan. Va beshik, dor kabi tazod yani zidlantirish yoki ĝam faryod kabi tanosiblardan foydalanilgan . 6. Ushbu she'rda shoir kuyning qanchalik kuchli qudratga ega ekanligini va bu dunyoda alam va azob tortib yashagan insonning ĝamgin kuy eshitganida bu dunyodan kòrgan anduhlari tufayli hattoki kòz yosh tòkadi . Bu olamning hech kimga vafo qilmasligi haqida aniq yoritib berilgan Download 8.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling