N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

242-mashq.
 Quyidagi sodda reja asosida insho yozishga hozirlaning.
Mavzu: «MUSTAQILLIK – ENG ULUG‘ NE’MAT»
R e j a :
1.  Ota-bobolarimizning asriy orzulari ro‘yobga chiqdi.
2.  Istiqlol bergan baxt.
3.  Kelajak — yoshlarniki.
243-mashq.
 Quyida berilgan insho turlari haqida fikrlashing va ulardan keyingi
darsda berilgan topshiriqni bajarishda ijodiy foydalaning.


105
RIVOYA-INSHO
Biror voqeani izchil tasvir etishda rivoya elementi qo‘llaniladi. Hayotdagi
ayrim voqealar, hodisalar, masalan, bayramlar, turli xil marosimlar,
sayohatlar, safar taassurotlari bunday ko‘rinishdagi insholar uchun material
bo‘lib xizmat qila oladi.
Rivoya-insho yozish uchun insho yozayotgan shaxs voqealarni  shaxsan
boshidan kechirgan yoki eshitgan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, o‘quvchi
voqealarni eslashi, rasmlardan foydalanishi ham mumkin.
MUHOKAMA-INSHO
Bunday turdagi insholar uchun sinfda o‘tkazilgan bahs, munozara material
vazifasini o‘taydi. Muhokama-inshoda o‘quvchidan o‘z fikrini  asoslash va
dalillash maqsadida mantiqqa jiddiy e’tibor berishi, mustaqil fikrlashi va
muhokamada faol ishtirok etishi talab qilinadi. Masalan, «Vatanni asrab-
avaylash deganda nimani tushunaman?», «Baxt nima?», «ÕÕI asr insoniyatga
nimalar olib keldi?» kabi mavzularda bahs uyushtirish mumkin.
ÒASVIRIY  INSHO
Bunday insholarda narsa va hodisalar, shaxslarga xos belgilar,  ularning
boshqalardan farqlari  ko‘rsatiladi,  taqqoslanadi.  Ta’sirchanlikni hosil qilish
uchun kishilar portreti va manzaralar tasviri badiiy ifodalanadi, o‘xshatishlar,
sifatlashlar ishlatiladi. Shuningdek, unda oddiy tasvir elementlaridan ham
unumli foydalaniladi.
Shaxslar va manzaralar ko‘z oldiga keltirilib, ularning timsollari gav-
dalantiriladi. Òasviriy–insholar o‘quvchilarning fikrini o‘stiradi, ulardagi
kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantiradi va yozma nutqini kengaytiradi.
(B. Òurdiyev)

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling