N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

68-dars
255-mashq.
  Uyga vazifa.  Matnni o‘qing, unda nechta gap borligini va ulardan
nechtasi qo‘shma gap ekanligini aniqlang. Qo‘shma gaplarni turlarga ajrating.
Vatan... Bu qanday sehrli so‘zki, uni deb xalqlar qo‘liga qurol oladi?
Uning qanday jozibasi borki, egalari begonalarga bergisi kelmaydi? Uning
qanaqa quvvati borki, himoyasiga xalqlar jonlarini tikadilar, uning ozodligi
yo‘lida hayotlarini qurbon qiladilar?
Aslida, Vatan — eng oliy tushuncha, xalqlarning tayanchi, o‘tmishi,
buguni va ertasidir. Shuni aslo unutmaslik kerakki, Vatanga bo‘lgan muhabbat
samimiy, dildan bo‘lmog‘i lozim. O‘z Vatanini sevmoqlik har bir shaxsning
muqaddas burchidir, ammo haqiqiy vatanparvar uni sevish bilan kifoyalanib
qolmaydi, balki Vatan ravnaqi, obodligi va obro‘yi uchun tinmay kurashadi.
Zero, hadisi sharifda aytilmishki: «Vatanni sevmoq — iymondandir».

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling