N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


KO‘CHIRMA VA O‘ZLASHÒIRMA GAPLAR, NUTQ


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

KO‘CHIRMA VA O‘ZLASHÒIRMA GAPLAR, NUTQ
USLUBLARI BO‘YICHA O‘ÒILGANLARNI
ÒAKRORLASH
1. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap deb qanday gapga aytiladi?
2. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap qanday qismlardan tashkil topadi?
3. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar qanday tinish belgilari bilan yoziladi?
4. O‘zlashtirma gap deb qanday gaplarga aytiladi?
5. Ko‘chirma gaplar qanday qilib o‘zlashtirma gapga aylantiriladi?
6. Qanday nutq uslublarini bilasiz?
256-mashq.
 O‘qing. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni topib ko‘chiring. Muallif
gapi va  ko‘chirma gapni aniqlang. Ko‘chirma gap qanday tinish belgisi bilan yozilganini
ayting.
«Navbatdagi safarga hozirlik ko‘ryapmiz, — dedi Zokirjon aka. –Bu galgi
yo‘nalishimiz Hindiston. Sizning taklifingizni bilmoqchiman».
«Juda yaxshi,  qalbi va ijodi Bobur ruhiga yaqin ijodkorlar ko‘p», —
dedim men. Zokirjon aka gapimni bo‘ldi. «Òo‘xtang endi, — dedi u. — Siz
mendan ham fidoyi chiqib qoldingiz. Birinchi safarimizda bir-ikki gaplashdig-
u, lekin,  mening nazarimda, o‘zingiz uncha qiziqmadingiz. Ikkinchidan,
bizda ham tajriba yo‘q, kimni olib, kimni qo‘yishni bilmay, rosa
qiynalganman, shuning uchun bu gal o‘zingiz birga bo‘lsangiz. Boshqa
o‘rtoqlar ham sizni tavsiya qilishyapti».


111
Ekspeditsiya rahbari Zokirjon Mashrabov uchinchi safarga uzoq, puxta
hozirlik ko‘rdi.
(Qamchibek Kenja)
257-mashq.
 Berilgan ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirib,
yozing. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap shaklida qanday o‘zgarishlar qilganingizni ayting.
1. «Dunyodagi eng ulug‘ martaba, eng ulug‘ sharaf Vatan ozodligi
uchun xizmat qilish»,— deydi A.  Ori pov.
2. «Har bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati, — deb
yozadi Abdulla Avloniy, — yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdir».
3. Oybek shunday deydi: «Xalqning chin o‘g‘illari uchun xalqqa samimiy
xizmatdan ko‘ra yuksakroq, muqaddasroq narsa yo‘q».
4. «Boshimizni bilim kuchi uyg‘otsa, bo‘lg‘usidir bizning uchun chin
bayram», — deb yozadi shoir Bobur.
258-mashq.
 Ko‘chirma gaplarni toping, ularni o‘zlashtirma gaplarga aylantiring va
ular o‘rtasidagi farqlarni tushuntiring.
1. «Esli odam so‘z boshlamas «men» bilan...», — degan edi turkman
shoiri Maxtumquli. 2. Kamoliddin Binoiy shunday demish: «Kishi yaxshiligi
ishidan ma’lum, yaxshi yil bahor-u qishidan ma’lum». 3. O‘zbek xalq
maqollaridan birida: «Odam qo‘li — gul, cho‘lni bo‘ston qiladi»,— deyilgan.
4. «Òandan ham  aql ortiq, biz ana shu aqlga tanni bo‘ysundirishimiz
kerak»,— deb yozgan edi qozoq shoiri Abay. 5. «Aql,— deb yozadi Jaloliddin
Rumiy,— aqldan quvvat oladi».

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling