N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

261-mashq.
 Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni aniqlang, ularni o‘zlashtirma gapga
aylantiring. Ko‘chirma gapli qo‘shma gapni qanday qilib o‘zlashtirma gapga
aylantirganingizni izohlang.
Rivoyat qilishlaricha, qadim zamonda bir zargar bo‘lgan ekan. Kunlardan
bir kuni shoh uni saroyga chaqirib, oltindan taxt yasab berishni topshiribdi.
— Ishni qirq kunda bitirasan. Shartim shuki, saroydan bir qadam ham
jilmaysan, senga hamma narsani muhayyo qilishadi, — debdi shoh.
Zargar ishga kirishibdi: belgilangan muddatga uch kun vaqt qolibdiki,
ishning natijasi hech ko‘rinmasmish.  Podshoh darg‘azab bo‘libdi.
— Men taxtni uch kunda bitirib beraman, lekin bitta talabim bor. Ishni
uyimga olib borib qilaman. Agar oltinni o‘g‘irlaydi deb qo‘rqsang, ayt,
kuzatib turishsin, — debdi zargar.
Zargarning talabini qondirishibdi. U uch kun ichida, chindan ham,
taxtni bitiribdi. Podshoh hayron qolibdi.
— Shuncha muddatda qilolmagan ishingni qandoq qilib uch kunda
bitirding? — deb so‘rabdi.
— Saroyda men uchun hamma narsa yetarli edi-yu, lekin ilhom manbayi
bo‘lgan o‘z muhitim yetmay turgan edi, shuning uchun ham ishni bitira
olmayotgandim, — deb javob beribdi zargar.
(O‘. Hoshimov)


113

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling