N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

ASOSIY ATAMALAR
LUG‘ATI
Badiiy uslub — ma’lum bir voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali
obrazli ifodalovchi va shu yo‘l bilan tinglovchiga estetik ta’sir etuvchi nutq
uslubi.
Bog‘langan qo‘shma gap — qismlari teng bog‘lovchilar, bo‘lsa, esa so‘z-
lari,-u (-yu), -da yuklamalari yordamida bog‘langan gap.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap — tarkibidagi sodda gaplar mazmunan bir-
biri bilan bog‘liq bo‘lib, maxsus bog‘lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida
bog‘langan qo‘shma gap.
Ergashgan qo‘shma gap — qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchilar yoki
shunday bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar yordamida bog‘langan qo‘shma gap.
Qo‘shma gap — ikki yoki undan ortiq  sodda gapning o‘zaro grammatik
va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan va ohang tugalligiga ega bo‘lgan
butunlik.
Ilmiy uslub — daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga
asoslanuvchi, har bir fan sohasining o‘ziga xos atamalariga tayanuvchi,
fikrni aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qiluvchi uslub.
Ko‘chirma gap — birovning aynan keltirilgan yoki o‘zganing hech
o‘zgarishsiz nutqqa olib kirilgan gapi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling