Nutq a'zolari va ularning vazifasi


Download 166 Kb.
bet1/11
Sana18.06.2023
Hajmi166 Kb.
#1598386
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ARTIKULYATSION BO\'LIMNING ASOSIY A\'ZOLARI VA ULARNING BO\'LIMLARI


ARTIKULYATSION BO'LIMNING ASOSIY A'ZOLARI VA ULARNING BO'LIMLARI
Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etuvchi a'zolar nutq a'zolar deyiladi. Nutq a'zolarining jami nutq apparati deb ataladi. Nutq apparati quyidagi qismlarga bo'linadi:

  1. Nafas yo'li ( bunga o'pka, bir juft bronxlar va nafas yo'liyoki traxeya kiradi ). Nafas yo'li tovush hosil qilish uchun havomanbai sanaladi, ya'ni o'zidan yuqaridagi nutq a'zolariga havoyetkazib beradi.

  2. Bo'g'iz bo'shlig'i (bunga halqasimon, piramidasimon,qalqonsimon tog'aylar hanida ovoz (un) paychalari kiradi). liningvazifasi ovoz (un) manbaidir. Chunki bo'g'izda ko'ndalangjoylashgan elastik, yupqa un paychalari mavjud bo'lib,so'zlashpaytida o'pkadan clliqayotgan havoning kuchi bilan titraydi va ovozhosil qiladi. Unlilar, sonor va jarangli undoshlardagi ovoz ana shuun paychalarining bo'g'iz bo'shlig'i va tebranishi natijasidir.

  3. Og'iz bo'shlig'i (bunga til tanglay, kichik til, tishlarjoylashgan).

U shovqin manbaidir. Chunki bo'g'iz orqali o'tgan havo oqimi til, tanglay - yoki ikki labning to'siqligiga duch kelib, shovqin bo'ladi.
Og'iz bo'shlig'i pastki jag'ning harakati bilan keng va tor holatga o'tib turadi. Og'iz bo'shlig'idagi a'zolarning turlicha harakati xilma-xil tovushlarning shakllanishiga yordam beradi.
Og'iz bo'shlig'i shovqin qiladigan a'zo bo'lish bilan birga ayni vaqtda tovush kuchaytirgich (rezanator) vazifasini bajaradi.
4. Burun bo'shlig'i. Tovushlami hosil qilishda bo'yoqdorlik,ohangdorlik vazifasini bajaradi va tovushlarning talaffuzidaalohida o'rin tutadi.
Nutq tovushlarini hosil qilishda hamma nutq a'zolari ham bir xilda ishtirok etmaydi. Shunga ko'ra ular ikki turga bo'linadi: l)faol a'zolar , 2) nofaol a'zolar.
Nutq tovushlarini hosil qilishda nisbatan ko'proq ishtirok etadigan nutq a'zolari faol a'zolar deyiladi. Til, lablar, yumshoq tanglay, kichik til, tovush paychalari faol a'zolar hisoblanadi.
Tovush hosil qilishda kam qatnashadigan nutq a'zolari nofaol a'zolar deyiladi. Bunga tish, qattiq tanglay, burun bo'shlig'i kiradi.

Download 166 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling