Nutq a'zolari va ularning vazifasi
Download 166 Kb.
|
ARTIKULYATSION BO\'LIMNING ASOSIY A\'ZOLARI VA ULARNING BO\'LIMLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Undosh fonemalar va ularning tasnifi
Ayrim unlilar tavsifiA unlisi til oldi, keng, lablanmagan fonemadir. Bu unli so'zdagi o'rniga qarab ikki xil talaffuz etiladi. Masalan, gala, dala, ana, mana kabi so'zlarda til oldi, y, tovushga yaqin aytiladi q, g', x kabi til orqa tovushlar bilan yonma-yon kelgan qarz, qalin, g'araz, xari kabi so'zlarda orqa qator unli tusini oladi. I unlisi til oldi, tor lablanmagan fonema, so'zning turli o'rinlarida turlicha aytiladi. Masalan: siz, biz, idish, ildiz, kabi so'zlarda i old qator tovushdir; qiz, qirmiz, qilich, qing'ir, g'isht kabi so'zlarda til orqa tovush tarzida aytiladi. E (y) unlisi o'rta keng, til oldi, lablanmagan tovushdir. Bu unli ayrim so'zlar tarkibida i tovushi bilan almashib turadi. Masalan: direktor-direktir, elektr-iliktir, mehmon-mihmon, deyman-diyman kabi. O unlisi keng, til orqa, lablangan tovushdir. Bu unli ham urg'usiz bo'g'inlarda, ko'pincha, ruscha so'zlar tarkibida i tovushiga aylanadi. Masalan: traktor-traktir, sovet-sovit, rektor-rektir kabi. O' unlisi o'rta keng, til orqa, lablangan tovushdir. Bu unli sodda so'zlarning birinchi bo'g'iniga keladi. O'g'ri, o'rin, o'g'il, o'qish kabi. U unlisi orqa qator, tor va lablangan tovushdir, bu unlini talaffuz qilganda, tilning to'g'ri vertikal harakati tanglay orqasiga qaratilgan bo'ladi, vertikal harakati esa tanglayga tomon ko'tariladi, lablar chuchchayadi. Masalan: ulug', urug' kabi so'zlarda til orqa, ulkan, unsiz kabi so'zlarda til oldi tomon talaffuzga moyil bo'ladi. Undosh fonemalar va ularning tasnifiOvoz va shovqindan hosil bo'lib,og'iz bo'shlig'ida to'siqlarga uchraydigan nutq tovushlari undosh tovushlar deyiladi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida undosh fonemalar 21 ta; b, v, g, d, z,y, k, 1, m, n, p, r, s, t, f, x ch, sh, q, h, ng bo'lib, quyidagi harflar orqali ifoda etiladi; b, v. g, d, j, z, y, k, 1, m, n, p, s, t, x, ch, sh, q, g',h, ng. Undoshlarni tasnif qilish unlilarga nisbatan ancha murakkabdir, chunki, undoshlar paydo bo'lishi jarangliligi, jarangsizligi, ovozning ishtiroki kabi belgilari bilan unlilarga qaraganda turlichadir. Undoshlar talaffuzida faol ishtirok etgan a'zolar ham turlicha harakat qilishi mumkin. Masalan: t, d undoshlari talaffuzida tilning oldingi qismi faol ishtirok etsa b, p tovushlari hosil bo'lishida lablar ishtirok etadi. Undosh tovushlarning talaffuzida faol ishtirok etgan a'zolar shu tovushning hosil bo'lish o'rni hisoblanadi. Shunga ko'ra t, d undoshlari til undoshlariga,b, p undoshlari esa lab undoshlariga kiradi. Undosh tovushlar nutq a'zolarining biror yerida to'siqqa uchrab o'tishlari (shovqin hosil qilishlari) bilan o'ziga xos xususiyatga ega. Undosh tovushlar tovush paychalarining harakati va holatiga, havo oqimi og'iz bo'shlig'ining qayeriga to'siqqa uchrashishiga faqat shovqindan ustunligiga talaffuz usullariga ko'ra bir-birlaridan farqlanadi. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra; Hosil bo'lish (artikulatsiya) o'rniga ko'ra; Hosil bo'lish (artikulatsiya ) usuliga ko'ra; I. Undoshlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra ikkiga bo'linadi: a) shovqinlilar; b) sonorlar . Shovqinlilar tarkibida shovqinning miqdori ovozga nisbatan ko'proq bo'lgan yoki ovoz qatnashmagan tovushlar b, v, g, d, j, z, y, k, p, s, t, f, x, ch, sh, q, g', h kabi undoshlardir. Shovqinli undoshlar ham o'z navbatida ikkiga bo'linadi: jarangli undoshlar: b,v, z, d, j, g, g', y. jarangsiz undoshlar: p, f, s, t, sh, ch, k, q, x, h.Undoshlarni jarangli va jarangsizlarga ajratishda quyidagi sabablar nazarda tutiladi: a) jarangli undoshlarni talaffuz etganda, tovush paychalari qatnashib taranglashadi va ular orasidadan o'tayotgan havo oqimi, tovush paychalarini titratadi. Jarangsizlami talaffuz qilganda esa ovozdorlik sezilmaydi, chunki, havo oqimi tovush paychalarini titratmaydi va taranglashmaydi; b) jarangli undoshlarni talaffuz qilganda jaranglashish seziladi. Shovqinli undoshga ovoz qo'shiladi. Lekin ovoz miqdori shovqinga nisbatan kam bo'ladi; c) Jarangsiz undoshlar faqat shovqindan hosil bo'ladi va ovoz mutlaqo ishtirok etmaydi. Sonor undoshlar tarkibida ovoz miqdori shovqinga qaraganda ko'p bo'ladi. Shuning uchun ham ular undoshlar ichiga ovozliroq bo'iib unlilarga yaqin turadi. Ammo tarkibida qisman bo'lsa ham, shovqin ishtirok etgani uchun sonorlar undoshlarga kiradi. O'zbek tilida sonorlar beshta -m, ng, n, 1, r . Boshqa undoshlaming hammasi shovqinlilar hisoblanadi. II. Hosil bo'lish o'rniga ko'ra undoshlar uch turga bo'linadi. 1) til undoshlari; 2) lab undoshlari; 3) bo'g'iz undoshlari; 1. Til undoshlari to'rt xil;l) til oldi; d, j, z, n, r, s, t, ch,sh; 2) til o'rta y, 3) til orqa; k, g, ng, 4) chuqur til orqa undoshlari; q, g’ x. 2. Lab undoshlari bevosita lablar ishtirokida hosil qilinuvchitovushlar bo'lib,ularga b, p, m, v, f, undoshlari kiradi. Bular hamo'z navbatida ikki turga bo'linadi; 1) lab -lab undoshlari; b, p, m, 2) lab-tish undoshlari: v, f. Lab undoshlari boshqa tillardano'zlashgan so'zlar tarkibida keladi. Masalan, vagon, vaqt, vafo,fazo, farmon , telefon kabi. 3. Bo'g'iz undoshlari h. Bu tovush bo'g'iz bo'shlig'ida hosilbo'ladi. III. Hosil bo'lish usuliga ko'ra undoshlar uch turgabo'linadi: 1) portlovchilar; 2) sirg'aluvchilar; 3) portlovchi-sirg'aluvchilar. Portlovchi undoshlar ikki nutq a'zosining o'zaro jipsla-shuvi va o'pkadan chiqayotgan havo oqimining ana shua'zolarga zarb bilan urilib, portlab o'tishidan hosil bo'ladi;Bunga: b, g, d, j, k, p, t, ch, q undoshlari kiradi. Portlovchilarham o'z xususiyatiga ko'ra ikki turga bo'linadi: a) sofportlovchilar: b, g, d, k, p, t, q. b) qorishiq portlovchilar: ch,j, (d+j). Sirg'aluvchi undoshlar ikki nutq a'zosining o'zaro yaqqin-lashuvi va havo oqimining ana shu ikki a'zo orasidan ishqalanib-sirg'alib chiqishi bilan hosil bo'ladi va unga v, j (jabra so'zidagi),z, y, s, f, x, sh, g', h undoshlari kiradi. Masalan, havo oqimining ikki lab o'rtasidagi yoki pastki lab bilan yuqori tishlar orasidagi tor oraliqdan sirg'alib o'tishi v, f, undoshlarini; til bilan yuqori milk o'rtasidagi tor oraliqdan sirg'alib o'tishi j, z, s, sh undoshlarini; tilning o'rta qismi bilan qattiq tanglayning o'rta qismi orasidagi tor oraliqdan sirg'alib o'tishi y undoshni; tilning o'rta qismi bilan tanglayning orqa qismi o'rtasidagi tor oraliqdan sirg'alib o'tishi g', x undoshlarini; bo'g'izdagi un paychalari orasidagi tor oraliqdan sirg'alib o'tishi h, undoshmi hosil qiladi. 3. Portlovchi-sirg'aluvchi undoshlar portlash va sirg'alish jarayonining bir vaqtda yuz berishi natijasida vujudga keladi. Bularga m, n, ng, r undoshlari kiradi. Bu undoshlar hosil bo'lish usuliga ko'ra portlovchilar sirg'aluvchilardangina emas, hatto o'zaro ham farqlanadi. Masalan, m undoshning hosil bo'lishida havo oqimining bir qism og'iz bo'shlig'idan lablarning to'sig'iga uchrab, qisman portlab, havo oqimining qolgan qismi burun bo'shlig'idan sirg'alib chiqadi n undoshida esa til uclii yuqori tishlarga va milkka tegib yarim portlash yuz beradi, havo oqimining qolgan qismi burun bo'shlig'i orqali sirg'alib chiqadi. Havo oqimining burun bo'shlig'i orqali sirg'alib chiqishi ng, (n+g) tovushini ham hosil qiladi. Shuning uchun bunday tovushlar burun undoshlari deyiladi: I undoshini hosil qilishda til uchi yuqoriga tomon bukilib, milkka tegadi, lekin havo oqimini tilning ikki yonidan sirg'alib o'tishi, uning og'iz bo'shlig'idan bir qism portlab, bir qism sirg'alib o'tishiga olib keladi, shu sababli u yon tovush deb ataladi, r undoshlarini hosil qilishda o'pkadan chiqayotgan havo to'Iqini tilning uchiga zarb bilan kuchli uriladi va uni titratadi, tilning titrab turishi havo oqimining og'iz bo'shlig'idan ham portlab, ham sirg'alib chiqishiga sabab bo'ladi va shunga ko'ra u titroq tovush deb yuritiladi. Portlovchi-sirg'aluvchi tovushlarning hosil bo'lishida portlovchilarga xos ikki nutq a'zosining jipslashuvi, ham sirg'aluvchilarga o'xshash ikki nutq a'zosi orasidagi tor oraliqdan (yoki burun bo'shlig'idan) sirg'alib o'tishi yuzaga
Download 166 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling