N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

64-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, zidlov bog‘lovchilarini topib, ularni izohlang.
1. Òo‘g‘ri so‘z har narsadan yaxshi, biroq yolg‘onchi va chaqimchidan
eshitilgan to‘g‘ri so‘z ham yoqimsizdir. 2. Mol-u puling ketsa-ketsin, ammo
vaqtingni zoye ketkizma. 3. Odam umrining lazzati – farzand, lekin noqobil
farzand ota-onaning umrini qisqartiradi. 4. Do‘st yomon kuningda asqatadi,
biroq qo‘rqoq do‘st yaxshi kuningda ham dushmandan xavflidir. 5. Har
kimning zari bo‘lmasa-da, hunari bo‘lsin. («Hikmatnoma»dan.)
65-mashq.
Gaplarni o‘qing, zidlov bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma
gaplarni aniqlab, ularni izohlang.
1. Kishini tabiat vujudga keltiradi, ammo uni jamiyat kamol toptiradi.
(V.G.Belinskiy) 2. Qilgan xatolaringni o‘lguningcha ko‘z o‘ngingda tut, ammo
qilgan yaxshiliklaringni unut. (Muhammad Zehniy) 3. Õalqqa xayr-u ehson
qilish naqadar ulug‘ fazilat, biroq bu xayr-u ehson beg‘araz bo‘lsa, yana
ham yaxshi. (Abdibek Sheroziy) 4. O‘ylamoq yaxshi narsa, biroq ko‘p
o‘ylab, xayolparast bo‘lish zararlidir. (Abay)
66-mashq.
Zidlov bog‘lovchilarini toping. Ular o‘rniga -u (-yu), -da yuklamalarini
qo‘ying.
1. Jondan ortiq narsa yo‘q, lekin do‘stlar uchun jonimiz fido. (Tolib
Yo‘ldosh) 2. Bir oycha fizika, matematika fanlarini o‘qidi, ammo xayoli
boshqa yoqda bo‘lgani uchun kallasiga hech vaqo kirmadi. (O‘. Hoshimov) 3.
Ular bir necha kun yurishdi, biroq hamon chegara ko‘rinmasdi. (S. Siyoyev)
4. Oradagi masofa yiroq, ammo mehr bizni bog‘lab turardi. (Mirmuhsin)
1. Zidlov bog‘lovchilari qanday munosabatda bo‘lgan qo‘shma gap qismlarini
bog‘lab keladi?
2. Zidlov bog‘lovchilari o‘rnida -u (-yu), -da yuklamalarini qo‘llab ko‘ring.
3. Zidlov bog‘lovchilari qanday tinish belgisi bilan yozilishini tushuntiring.
67-mashq.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling