N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

85-mashq.
Ko‘chiring. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarni aniqlang.
1. Olloyorning eng zo‘r sifati shuki, uning qo‘lida yig‘layotgan chaqaloqlar
birdan yupanadi-qoladi. (Murod Muhammad Do‘st) 2. Ot xo‘rsinsa, bir
falokat yuz beradi. (Said Ahmad) 3. Piyoladan bug‘ chiqib turmasa, choy


36
20-dars
ichganday bo‘lmayman. (O‘. Umarbekov). 4. Majlis vaqtida boshlanmadi,
chunki rais ushlanib qoldi. (Omon Muxtor) 5. Tilagim shuki, hamma
bilan yaxshi muomalada bo‘ling. (U. Nazarov)
86-mashq.
O‘qing, ergashgan qo‘shma gaplarni topib, ko‘chiring. Ergash gapni
bosh gapga bog‘lovchi vositalarni aniqlang.
1. Ortiqcha g‘urur obro‘yingni yo‘q qilur, shuning uchun o‘zingni
boshqalardan baland tutma. 2. Shuni unutmaginki, g‘alvirda suv turmas. 3.
Kimda aql oz bo‘lsa, undagi shuhratparastlik shunchalik kuchayar. 4. Qo‘rqoq
keta turib maqtansa, jasur qaytib kelib maqtanadi. 5. Oraga shunday jimlik
cho‘kdiki, yuragi gupillab urayotgani aniq eshitila boshladi. (O‘. Hoshimov)
87-mashq.
Shuning uchun, chunki bog‘lovchi vositalari ishtirokida to‘rtta qo‘shma
gap tuzing. Qo‘shma gap turini ayting.
1. Qanday qo‘shma gaplarga ergashgan qo‘shma gap deyiladi?
2. Ergashtiruvchi bog‘lovchilarga qaysi bog‘lovchilar kiradi?
3. -ki bog‘lovchi vositasining qanday yozilishini izohlang.
88-mashq.
Uyga vazifa. Matnni ko‘chiring. Ergashgan qo‘shma gap qismlarini
bog‘lovchi vositalarni aniqlang. Hikmatning mag‘zini chaqishga urining.
Siringni barchaga aytishdan ehtiyot bo‘l, chunki mulohazakor degan
so‘z ehtiyotkor bo‘lish degandan boshqa narsa emas. Agar siringni saqlasang,
u sening asiringdir, agar oshkor bo‘lsa, sen siringning asiri bo‘lib qolasan.
(Ibn Sino)

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling