N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

BOSH VA ERGASH GAP
1-topshiriq
. Berilgan qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarni aniqlang.
1. Vatanimizning kelajagi shuning uchun ham buyukki, unda yashayotgan
aholining katta qismini yoshlar tashkil etadi. (Azim Suyun) 2.  Erta eksang,
erta o‘rasan. (Maqol)
2-topshiriq.
Bosh va ergash gaplarni aniqlashga harakat qiling.


37
Bilib oling. Ergashgan qo‘shma gaplar, tarkibida nechta gap bo‘lishidan
qat’i nazar, doimo ikki qismdan tashkil topadi:
1) bosh gap; 2) ergash gap. Mazmuni izohlanayotgan gap bosh gap,
bosh gap mazmunini izohlayotgan gap ergash gap hisoblanadi.
Ergashgan qo‘shma gaplar, asosan,
yoki
qoli pida ifodalanadi.
Eslab qoling. Ergashgan qo‘shma gaplar tuzilishiga ko‘ra so‘z
birikmalariga o‘xshaydi. So‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlar nechta
bo‘lishidan qat’i nazar, doimo ikki qismdan – hokim va tobe so‘zlardan
tashkil topadi.
89-mashq.
Ko‘chiring. Qo‘shma gap qismlarining qaysisi bosh gap, qaysisi ergash
gap ekanligini aniqlang.
1. Agar arqondan qo‘llari chiqib ketsa, to tuman tarqalguncha yo‘l
topolmay sarson bo‘lib yuraveradilar. (Said Ahmad) 2. Shuni mamnuniyat
bilan ta’kidlaymanki, mening kasb tanlashimga otamning do‘mbirasi sababchi
bo‘lgan. (Murod Muhammad Do‘st) 3. Topgan obro‘ni yo‘qotmaslik shart,
chunki obro‘ ko‘ylak emaski, yangisini bozordan olsang. (Omon Muxtor)
4. Birinchi qaldirg‘och parvozini ko‘rgan kishi qanday sevinsa, Avaz ham
bundan shunday quvonadi. (S. Siyoyev)
90-mashq. 
Matnni o‘qing. Òarkibidagi qo‘shma gaplarni ajratib yozing va qo‘shma
gap turini aniqlang.
Ravshanlik tilning asosiy fazilatidir. Fikr tiniq bo‘lsa, nutq ravon va
chiroyli bo‘ladi. Shoshilib, uzuq-yuluq gapirgan odam so‘z ustasi sanalmaydi.
Shuni bilingki, bunday odamlar, ko‘pincha, maqtanchoq va yolg‘onchi
bo‘ladi. Demak, o‘z fikrini o‘ylab, bosiqlik bilan gapirgan odam har doim
yutadi.
91-mashq.
Gaplarni o‘qing, bosh va ergash gaplarni aniqlang.
1. Shuni bilingki, bitta so‘zning tig‘i yuzta shamshirdan o‘tkirroqdir. 2.
Inson qanchalik kamtar bo‘lsa, u shunchalik maqtovga loyiqdir. 3. Kimning
yuragida yaxshilik bo‘lsa, u doimo boshqalarga yaxshilikni ravo ko‘radi. 4.
Hamisha to‘g‘rilar yonida bo‘linglar, chunki ular hech qachon sizni noto‘g‘ri
yo‘lga boshlamaydi. 5. Òil tinch bo‘lsa, bosh salomat bo‘ladi. («Otalar so‘zi»)
bog‘lovchi


38

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling