N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22–23-darslar 98-mashq.
95-mashq.
Matnni o‘qing. Qo‘shma gaplarni ko‘chiring. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarni aniqlang. Ongli kishi deyilsa, ongga ega, aql-idrokli odam tushuniladi. Ongli hayot desak, bir maqsadga yo‘naltirilgan turmush ifodalanadi. Ongli so‘zi shunday odamlarni bildiradiki, ular voqelikni, ijtimoiy hayotni, o‘zining mavqeyi hamda tarixiy va fuqarolik burchini yaxshi tushunadilar. («Vatan tuyg‘usi») 96-mashq. O‘qing, ergashgan qo‘shma gaplarni topib, ko‘chiring. 1. Dalalarga chiqing, bahri dilingiz ochilsa, quvvatga kirib ketasiz. (Oybek) 2. Hayotimda kim uchundir foydali inson bo‘lsam, bu mening eng katta yutug‘imdir. 3. Shuni bilingki, vaqtning qadriga yetish, uni behuda o‘tkazmaslik lozim. 4. Ikkovi ham men bilan qadrdonlardek so‘rashdi, shuning uchun darrov suhbatimizga jon kirdi. (Abdulla Qahhor). 5. Ular mening aytganimni qilishadi, chunki men oilamizning kenjatoyiman. (E. A’zamov) 97-mashq. Qismlari o‘zaro go‘yo, go‘yoki bog‘lovchi vositalari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplarga to‘rtta misol keltiring. Bosh va ergash gaplarni aniqlang. 1. Ergash gap bosh gapga qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanadi? 2. -ki bog‘lovchi vositasi qaysi gapning qaysi bo‘lagi tarkibida qo‘llanadi? 3. Go‘yo, xuddi, chunki bog‘lovchi vositalari qaysi gap tarkibida qo‘llanadi va qanday tinish belgisi bilan yoziladi? 4. Nisbiy so‘zlar deganda nimani tushunasiz? Nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langan ergashgan qo‘shma gaplarga misollar keltiring. 40 22–23-darslar 98-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni ko‘chiring. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarni aniqlang. 1. Amir Òemur o‘g‘lining qilich tutgan qo‘li baquvvat bo‘lsin deb, kecha-kunduz mashq qildirdi, yuragi qo‘rquv bilmasin deb, sher yuragini yedirdi, farosatli bo‘lsin deb, kitobga oshna qildi. (Õurshid Davron) 2. Hasanali bekning yechinib yotishini kutib turardi, chunki uni yotqizib, yoqilgan shamni o‘zi bilan narigi hujraga olib chiqmoqchi edi. (Abdulla Qodiriy) 3. Òojixon safardan ikki kun kechikib qaytibdi, shuning uchun brigadasidan hech ko‘ngli tinchimayotgan ekan. (Abdulla Qahhor) 4. Mabodo men chiqolmay qolsam, qo‘ni-qo‘shnilarga o‘zing bosh bo‘lib, borib kelaveringlar. (Xurshid Do‘stmuhammad) Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling