35
19-dars
ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR
ERGASHGAN QO‘SHMA GAP
HAQIDA MA’LUMOÒ
1-topshiriq.
Berilgan gap qismlarining qanday bog‘lovchi
vositalar
yordamida bog‘langanini aniqlang.
1.
Olim bo‘lsang, olam seniki. (Maqol) 2.
Kamtar bo‘l, chunki kamtarlik
insonni kamolotga boshlaydi. («
Òafakkur gulshani»)
2-topshiriq.
Yuqoridagi gaplar qo‘shma gaplarning qaysi turiga mansubligini
va buning sababini ayting.
Bilib oling. Qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchilar
yoki shunday
bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar yordamida bog‘langan qo‘shma
gaplar
ergashgan qo‘shma gaplar hisoblanadi.
84-mashq.
Gaplarni ko‘chiring. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarni
aniqlab, qo‘shma gap turini ayting.
1. Agar qiz bo‘lsang, otingni Kimsanoy qo‘yaman, agar o‘g‘il bo‘lsang,
Kimsanboy qo‘yaman. (
Said Ahmad) 2. Men bilgan
yovuz kishilar u yerda
bor, shuning uchun men bormayman. (
Omon Muxtor) 3. Hunar ado bo‘lmas
boylikdir, shu sababli yoshlik chog‘ingdan boshlab biron-bir hunarni o‘rganish
payida bo‘l. 4. Chin do‘st yurakdan so‘zlar, chunki u sening yomon
bo‘lishingni aslo xohlamaydi. 5. To‘g‘ri so‘z qilichdan o‘tkir,
shuning uchun
hamisha rost so‘zlashga odatlan.
Do'stlaringiz bilan baham: