N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


-dars 31 16-dars


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

15-dars


31
16-dars
74-mashq.
Misollardagi na..., na... bog‘lovchisi bilan bog‘langan qo‘shma qaplarni
ko‘chiring, ularda ifodalangan inkor mazmunini izohlang.
1. Na so‘zlarida ma’no bor, na ishlarida hayo bor. (Oybek)  2. Bu vaqt
mobaynida u na yemabdi va na ichmabdi. (Nabi Jaloliddin) 3. Bola bo‘lmasa,
kallayi saharlab ketganicha endi kirib keladimi? Na choy ichibdi, na non
olibdi. (Murodjon Mansur) 4. Uning kelganini na Qurbon ota payqadi, na
Sidiqjon. (Abdulla Qahhor) 5. Na xotini, na Saksonboy aka, na o‘zi o‘g‘lini
taniy olishdi. (O‘. Umarbekov) 6. Na ovqat yeb yolchitmadi, na paxta terib.
(Ulug‘bek Hamdam)
75-mashq.
Na..., na... bog‘lovchisi ishtirokida to‘rtta qap tuzing va uning qanday
vazifa bajarayotganini izohlang.
76-mashq.
Ko‘chiring. Inkor bog‘lovchisining qo‘shma gap qismlarini bog‘lash
bilan birga inkor mazmunining ifodalanishidagi ishtirokini izohlang.
1. Sel na odamni ayadi, na dov-daraxtni tinch qo‘ydi. (O‘. Umarbekov)
2. Bu burgut ham ko‘r, ham qari. Na ucha oladi, na ko‘ra oladi. (O‘.
Umarbekov) 3. Na bironta odamning sharpasi ko‘rindi, na bir shitirlagan
tovush eshitildi. (O‘. Umarbekov) 4. Na unga, Begimqulga kulib boqadi, na
o‘zi o‘ynab-kuladi. (O. Yoqubov) 5. «Òinchlikmi, yo mendan xafamisiz, na
telefon qilasiz, na ko‘rinish berasiz?» – deb o‘pkaladi. (Ahmad A’zam) 6.
Birovga na dardini aytardi, na quvonchini sezdirardi. (Said Ahmad)
77-mashq.
Uyga vazifa. Ishlamoq — charchamoq, ko‘rmoq — eshitmoq,
yig‘lamoq — kulmoq, so‘ramoq — o‘rganmoq fe’llarini kesim vazifasida qo‘llab,
na..., na... bog‘lovchisi ishtirokida to‘rtta bog‘langan qo‘shma gap tuzing. Ularning
mazmunini tushuntiring.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling