N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

100-mashq.
Bosh gapga agar bog‘lovchisi yordamida bog‘langan ergashgan qo‘shma
gapga to‘rtta misol topibagar bog‘lovchisini basharti, mabodo bog‘lovchisiga almashtirib
ko‘ring.
N a m u n a : Agar boshingga qilich kelsa ham, to‘g‘ri gapir. // Basharti
boshingga qilich kelsa ham, to‘g‘ri gapir. // Mabodo boshingga qilich kelsa
ham, to‘g‘ri gapir.
101-mashq.
Gaplarni o‘qing, ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida bog‘langan
ergashgan qo‘shma gaplarni aniqlang va ularga izoh bering.
Kishida odob bo‘lsa, ilm ham bo‘lishi lozim. Odob shunday tojki, u
aqlli, farosatli odamlar boshini bezaydi. Odobli odam tabibga o‘xshaydi,
chunki u bilan suhbatlashish ko‘ngildagi g‘amni quvadi. Ilm bir daraxt,
odob esa uning mevasidir. Odob ulug‘lik va yuksaklik qasrining narvonidir,
shuning uchun u orqali barcha maqsad va manzillarga yetish mumkin. Qaysi
yerda ilm-u ma’rifat kuchli bo‘lsa, o‘sha yer baxt maskanidir.
Sharq hikmatlari»dan.)
102-mashq.
Quyida berilgan gaplarni davom ettiring va bog‘lovchi vositalarning
gapdagi vazifalarini tushuntiring.
1. Donishmandlar so‘zni javohirga o‘xshatadilar, chunki... 2. Aytar so‘zingni
bilib ayt, chunki... 3. So‘zning lazzati uni gapirishda emas, shuning uchun...
4. Òil shirinligi ko‘ngilga yoqimli, shuning uchun... 5. Har bir kishining
so‘zi aqliga yarasha bo‘ladi, shu sababli...
1. Qanday bog‘lovchilarga ergashtiruvchi bog‘lovchilar deyiladi?
2. Qanday gaplarga ergashtiruvchi bog‘lovchili ergashgan qo‘shma gaplar
deyiladi?
3. Ergashtiruvchi bog‘lovchili ergashgan qo‘shma gaplarga misollar keltiring.
103-mashq.
Uyga vazifa. Bosh gapga toki bog‘lovchisi yordamida bog‘langan ergash
gaplarga uchta misol keltiring. Ergash gap qanday ma’no ifodalashini ayting.


42

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling