N muradullaev, Q. R. Rahmonov, T. S. Burxonov, N. Sh. Umarov yer monitoringi


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/34
Sana13.04.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1353801
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
Bog'liq
Yer monitoringi O‟quv qo‟llanma

Geoekologik monitoring 
Geoekologik monitoring - bu tabiiy va antropogen omillari ta‟sir ko‟rsatishi 
sharoitida atrof muhitning holatini makon va zamonda baholash va prognozlashning 
muntazam uzoq kuzatishlar tizimining majmuasidir. 
Bu tizim tabiiy tizimlar turli xil komponentlar (litologik tarkibi, ya‟ni ekinlar 
qoldig‟i, ularning tarkibi, gruntlar joylashish darajasi, kimyoviy tarkibi va zamin 
suvlari agressivligi va x.k.) va ular o‟zaro ta‟sir ko‟rsatishi jarayonida muhandis-
texnikaviy, ekologik jarayonlarning muntazam kuzatilishidir. 
Geoekologik monitoring - bu umum ekologik monitoringi, atrof- muhitning 
holati ustidan nazorat qilish tizimining takibiy qismidir. U asosan yirik mega 


86 
polislarda , chunonchi: sanoat ishlab chiqarishi yetarli darajada keng rivojlangan, 
ham kichik, ham yirik korxonalar mavjud joylarda, avtomobilga yoqilg‟i quyish 
shaxobchalari, ilmiy korxonalar, maishiy xizmat ko‟rsatish markazlari, 
avtomagistrallar va x. joylarda o‟tkaziladi. 
Geoekologik monitoringining maqsadi - noxush gidrotexnogen jarayonlar 
hududni geologik barqarorligini prognozi, tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish 
uchun uni himoya qilishning tavsiyalarini ishlab chiqishni baholash va nazorat 
qilishni amalga oshirish uchun zaruriy axborotlarni olishdir. 
Geoekologik monitoringning asosiy vazifalari geotizim komponentlari 
(atmosfera, suv, o‟simlik, tuproq, litosfera va sh.k.) holatlari va geoekologik 
vaziyat yig‟indisida aniqlanadigan ular o‟zaro ta‟sir ko‟rsatishi jarayonida 
muhandis texnik ob‟ktlar o‟zgarib turishi ustidan muntazam kuzatish olib borishdan 
iboratdir. 
Shahar agromelioratsiyalari sharoitida inson hayoti maishiy qulayligi darajasi 
ustidan umumiy nazoratni joriy etish uchun geoekologik monitoringning majmuali 
dasturini yaratish zarur. 
Axborotlar to‟plash odatda hududning batavsil tahlilidan boshlanadi. Seliteb, 
sanoat va rekreatsion zonalarni ajratish bilan keyingi 30 - 50 yilda uning 
o‟zgarishini hisobga olish bilan tumanning infrastrukturasi haritasi tuzib chiqiladi. 
Ishlarning keyingi bosqichida tor ixtisoslashgan axborotlarni tashuvchi 
«tabaqali» haritalar tuzish bilan taqkoslovlar taxlililga asoslangan: 
1) 
Talveglar va suv ajratish kartasi; 
2) 
Yer sathining qiyaliklari; 
3) 
Rel‟efning texnogen o‟zgarishlari dinamikasi (rekultivatsiya, kamchak, 
ag‟darish, arxitektura rejalashtirish qarorlari ). 
Bu axborotlarning batafsil taxlili inson yashashi uchun eng ko‟p noxush 
zonalarni ajratish bilan hududning taxminiy geologik haritasini tuzishga imkon 
beradi. 
Geoekologik 
monitoring 
majmuasi 
umumiy 
tizimning 
va 
tabiat 
kompanentlariga ham tabiiy, ham texnogen salbiy ta‟sir ko‟rsatishning oqibatlarini 


87 
o‟z vaqtida oldini olishga, shuningdek muhandis texnika ob‟ektlarini: 
o‟z
vaqtida himoya tadbirlarini o‟tkazish yo‟li bilan hududning geoekologik 
barqarorligini saqlashga imkon yaratiladi. 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling