N ni vujudga keltiradigan narkotik moddalarning bemor organizmiga yuborilish usuliga qarab ingalyasion (nafas yoʻllari orqali), noingalyasion (nafas yoʻllaridan boshqa yoʻllar bilan) va kombinatsiyey N


Download 196.23 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi196.23 Kb.
#1268758
Bog'liq
Narkoz


Narkoz (yun. narkosis — karaxtlik) — sunʼiy yoʻl bilan (baʼzi kimyoviy moddalar va boshqa omillar taʼsirida) hosil qilinadigan chuqur uyqu holati, bunda kishi hech narsani sezmaydi, ixtiyoriy harakat qila olmaydi, es-hushi butunlay yoki qisman yoʻqoladi. Tibbiyotda xirurgik operatsiya vaqtida ogʻriqsizlantirish (anesteziya) maqsadida qoʻllanadi. Amerikalik xirurg Uorren birinchi bor efir N.i bilan operatsiya qilgan (1846). Dastlab N. uchun faqat efir va xloroformszm foydalanib ke-lingan. Kimyo fanining rivojlanishi tufayli N. xrlatini paydo qiladigan turli xil moddalar kashf etildi.
N.ni vujudga keltiradigan narkotik moddalarning bemor organizmiga yuborilish usuliga qarab ingalyasion (nafas yoʻllari orqali), noingalyasion (nafas yoʻllaridan boshqa yoʻllar bilan) va kombinatsiyey N. (narkotik moddalar ikki va undan koʻp usul bilan yubo-rilganda) farq qilinadi. Ingalyasion N.da efir, flyuotan, siklopropan va boshqa moddalarning bugʻi xidlatiladi, bunda maxsus apparatlardan foydalaniladi. Narkotik moddalarni kislorod bilan aralashtirib yuborish nafas yoʻllarini har xil asoratlardan saqlaydi. Venaga yuborib paydo qilinadigan N.da, asosan, uyqu dorilari — barbiturat kislota hosilalari ishlatiladi. Bu usulning afzalligi shundaki, bemor tez uxlab qolib, hech nimani sezmaydi. Suyak ichiga, toʻgʻri ichakka, teri ostiga, muskul orasiga qilinadigan N. kamdan-kam qoʻllanadi.
Koʻpincha vena N.i bilan ingalyasion N. birgalikda amalga oshiriladi. Bunda N. berish narkotik moddalarni venaga yuborishdan boshlanadi, bemor uxlab qolgach, ingalyasion N. berishga oʻtiladi. N. vaqtida nafasni vaqtincha toʻxtatib turadigan dori-darmonlar va nafas olishni bajaradigan maxsus N. apparatlarining qoʻllanilishi N. berayotgan vrach — narkotizator (aneste-ziolog)ga bemor organizmining barcha funksiyalarini idora etish imkoni-yatini beradi. Shu tufayli oʻpka, yurak, yirik tomirlar va bosh miyani bema-lol operatsiya qilish mumkin. Turli kimyoviy moddalar yuborib paydo qilinadigan N.dan tashqari maxsus koʻrsatma bilan elektronarkoz qoʻllanadi.
Narkoz moddalarining tarixiga nazar tashlasak, birinchi bo'lib, azot (I) oksidning narkoz holatini keltirib chiqarishi 1779- yilda Daviy tomonidan e'tirof etilgan va faqat 1844- yilda Veils narkoz moddasi sifatida qo'llagan. 1842- yilda xirurg Long jarrohlik operatsiyalarida dietil efimi ishlatgan va bu to'g'rida faqat 1852- yildagina maqola chop etilgan. Stomatolog Morton esa 1846- yilda efimi narkoz moddasi sifatida ishlatib, tishni og'riqsiz olib tashlagan va bu to'g'rida 1846- yilda o'z maqolasida xabar bergan. Shu sababli, 1846- yilning 16- oktabri narkozning kashf qilingan kuni deb rasmiy qabul qilingan. Rossiyada efimi birinchi bor narkoz moddasi sifatida Inozenmev va Pirogov ishlatgan (1847- y.). 1847- yilda Simpson xloroformni ilk bor narkoz uchun qo'llagan. Shu yili xloretil ham narkoz moddasi sifatida taklif etilgan. 1934- yili trixloretilen, 1956- yili ftorotan narkoz uchun ishlatila boshlandi. Farmakologik xossalari. Bu guruhga taalluqli moddalaming asosiy fannakologik ta'sin shundan iboratki, ular organizmga yuborilganda narkoz holatini keltirib chiqaradi. Narkoz - bu narkoz moddasi ta'sirida es-hush, sezgilaming hamma turi (og'riq, harorat, taktil), orqa miya reflekslari butunlay yo'qolgan, tan a mushaklari bO'shashib, harakatsizlangan, shuning bilan bir vaqtda nafas va yurak faoliyati bir me'yorda saqlangan holat. Bu holat asta-sekin bosqichma-bosqich boshlanadi. Narkoz moddalarining bun day ta'siri ulaming fizik-kimyoviy xossalariga, yuborish yo'llariga, usuliga, miqdoriga va boshqalarga b og'liq. Umuman, ulaming ta'siri quyidagi bosqichlardan iborat.
I. Anageziya bosqichi - narkoz moddasi nafas yo'li bilan yuborilgandan keyin boshlanib. Es-hushni va og'riq sezgisini qisqa muddatga (1-2 daqiqaga) yo'qotish, tana mushaklarining bo'shashishi va harakatsizlanishi bilan ifodalanadi. Bu holat raush-narkoz deb yuritiladi. Mazkur narkoz davrida qisqa muddatli jarrohlik muolajalari (tishni olib tashlash, yiringlami chiqarib yuborish, yopishib qolgan bog'lamlami yaralardan olib tashlash va b.) bajariladi. Narkoz moddasini organizmga yuborish davom ettirilsa, qonda uning konsentratsiyasi osha borishi bilan narkozning ikkinchi bosqichi boshlanadi.
2. Qo 'zg 'a/ish bosqichi - bunda ruhiy va harakat qo'zg'alishi kuzatilib, tartibsiz harakatlar, noo'rin so'zlashlar, baqirish, chaqirish, ashula aytish va boshqa o'zgarishlar bilan davom etadi. Orqa miya refleksining kuchayishi, tan a mushaklari tarangligining ortishi, tartibsiz qisqarishlar, arterial qon bosimi ko'tarilishi va nafas, yurak urishining tezlashishi, qayt qilish, ko'z qorachig'ining kengayishi kuzatiladi. Bu o'zgarishlar, asosan, bosh miya po'stloq qismining tormozlanishi natijasida, po'stloq osti markazlarini nazorat etib turishning yo'qolishi, buyrak usti bezidan adrenalin gonnoni ajralishining ortishi va boshqalar bilan tushuntiriladi. Narkoz moddasining bunday qo'zg'alish davrida ayrim hollarda kutilmagan asoratlar (nafasning to'xtab qolishi, yurakning titrashi va b.) kuzatilishi mumkin. Yosh bolalarda va holsiz bemorlarda bu davr qisqa, spirtli ichimliklarga moyil kishilarda esa uzoq davom etadi. Narkoz moddasini yuborish davom ettirilsa, keyingi bosqich boshlanadi.
3. Xirurgik narkoz davri - bunda ikkinchi bosqichdagi qo'zg'alishlar pasayib, bemor tinchlanadi, tana mushaklari bo'shashadi, harakat to'xtaydi, orqa miya reflekslari, sezgilar (og'riq, harorat va taktil) yo'qoladi. Nafas chuqurlashib, sekinlashadi va bir tekis bo'ladi. Xirurgik narkoz davri 3 darajadan iborat, 1- darajada es-hush va og'riq sezgisi yo'qoladi, lekin kuchliroq ta'sirot vegetativ o'zgarishlarga va harakat qo'zg'alishiga sabab bo'lishi mumkin. Mushaklar tonusi qisman saqlangan, nafas chuqurlashgan va bir tekis bo'ladi, ko'z qorachig'i torayadi, yorug'likka yaxshi reaksiya beradi, yutish refleksi saqlanadi. 2- darajada yutish refleksi va boshqalar (orqa miya refleksi) sekin-asta yo'qoladi, ko'z qorachig'i torayadi, yorug'likka reaksiya susayadi, qon bosimi va yurak urishi bir me'yorda bo'ladi. Mushaklar tonusi ancha pasayadi. Nafas chuqurlashib, bir tekis bo'ladi. 3- darajada esa tana mushaklari tonusi o'ta bo'shashadi, nafas tezlasha boradi, yuzakiroq bo'ladi. Ko'z qorachig'i qisman kengaya boradi, yorug'likka reaksiya susayadi. Narkozning bu davri juda ehtiyotlikni talab qiladi, aks holda narkoz moddasining qondagi miqdori oshishi natijasida zaharlanish davri boshlanadi. Bunda qon bosimi pasaya boradi, puis susayadi, nafas olish va chiqarish notekis bo'lib, izdan chiqa boshlaydi. Ko'krak qafasining harakatlari diafragma holatiga mos kelmaydi. Natijada organizmda kislorod yetishmovchiligi alomatlari (qon rangining to'q qizil bo'lishi va b.) ko'rina boshlaydi, ko'z qorachig'i kengayadi, yorug'likka reaksiya yo'qoladi. Bunda tczlik bilan yordam tadbirlari ko'rilmasa, nafas, keyinroq esa yurak to'xtaydi. Ko'rsatiladigan yordam quyidagilardan iborat: birinchi galda narkoz moddasini yuborish to'xtatiladi, nafas va Yurak faoliyatini tiklash tadbirlari (sun'iy nafas oldirish, kislorod berish, nafas analeptiklarini qonga ko'riladi. Nafasni tiklashga ko'proq c'tibor bcriladi, chunki narkoz moddasi shu yo'l bilan (yengil uchuvchan, gaz) Yuborilgan bo'lsa, u shu yo'l orqali chiqib ketadi va qondagi miqdori tezlikda kamayadi.
4. Uyg'onish davri ~ mo'ljaHanganjarrohlik davo yordami tugagach, narkozning 3- davrida narkoz moddasini yuborish to'xtatiladi. Qondagi narkoz moddasi nafas yo'li orqali chiqa boshlaydi (bu asosan yengil uchuvchan sUYllqlik va gazsimon narkoz moddalariga tegishli). Natijada, narkoz davridagi yuzaga kelgan o'zgarishlar asta-sekin yo'qola boradi, rcflckslar, harakat, es-hush, sezgilar tiklanadi. Ayrim vaqtlarda es-hush tiklanishidan oldin bemorda harakat- ruhiy qo'zg'alish, qayt qilish va b. kuzatilishi mumkin. Narkoz chuqur bo'lsa, es-hushning tiklanishi cho'ziladi. Demak, uyg'onish davrida narkozning bosqichlari teskari yo'nalishda namoyon bo'ladi. Uyg'onish davridan keyin ayrim bemorlar chuqur uyquga ketadi va u bir necha soat davom etadi. Ta'sir mexanizmi. Narkoz moddalarining asosiy farmakologik ta'siri markaziy nerv tizimiga qaratilgan . Ularning ta'siri natijasida, birinchi gaIda, bosh miya po'stlog'ining faoIiyati susayadi va narkozning birinchi davri boshianadi. Narkoz moddalarining qondagi konsentratsiyasi ortib borgan sari bosh miya po'stlog'ining idora etadigan, nazorat qilish faoliyati zaiflashadi. Bu narkozning ikkinchi qo'zg'alish davriga to'g'ri keladi. Uchinchi davrda esa orqa miya faoliyati butunlay tormozianadi, vaqtinchalik qaytar faIajlikka uchraydi. Bunda uzunchoq miyada joylashgan hayot uchlln zarur markazlar (nafas, qon-tomir harakati va b.) faoliyati saqlanadi, chunki ularning narkoz moddasiga sezuvchanligi kamroq. Narkoz moddasining qondagi miqdori haddan tashqari ortib ketsa, uzunchoq miya markazlari ham tormozlanadi, falajlanadi. Bu narkozning zaharlanish - qaytmas falajlik davri deyiladi. Buning oldini olish va bartaraf etish tadbirlari ko'rilishi shart. Xulosa qilib aytganda, narkoz davrida kuzatiladigan bosqichlar, o'zgarishlar narkoz moddasining qondagi konsentratsiyasiga va markaziy nerv tizimi bo'limlarining sezuvchanlik darajasiga ko'p tomonlama bog'liq. larrohlik amaliyotining xavfsiz, asoratsiz, muvaffaqiyatli o'tishini, asosan, anestiziologning mahorati ta'minlaydi .
. Narkoz holatini kelib chiqishi bO'yicha bir necha nazariyalar mavjud. Masalan, narkoz moddasining bunday ta'siri ularning fizik-kimyoviy (yog'da eruvchanligi) xususiyatlariga (Overton va Mayer), nerv hujayralari sitoplazmasining vaqtinchalik koagulatsiyaga uchrashiga (Bernar va Berkfort), hujayra pardasida moddaning egilishi natijasida membrana o'tkazuvchanligining buzilishiga va boshqa jarayonlarga bog'liq. I. V. Makarovning fikricha, narkoz holati qo'zg'alish impulsining sinapslardan o'tishining buzilishi sababli yuzaga keladi. Aloya (1991- y.) fikricha, umumiy anestetiklarga xos bo'lgan katta ahamiyatli neyrofiziologik samara - hujayralar ta'sir bo'sag'asining oshishidir. Narkoz moddalari neyronlaming o'z-o'zidan paydo bo'ladigan qo'zg'atilgan faolligini pasaytiradi. Ular aksonlar va sinapslar orqali impulslar o'tishini buzadi. Umuman olganda, narkozning kelib chiqish molekular mexanizmi oxirigacha yaxshi o'rganilmagan. Narkoz olish uchun ishlatiladigan moddalar organizmga yuboriladigan yo'liga qarab ingalatsion va noingalatsion guruhlarga bo'linadi ingalatsion narkoz moddalari Bular nafas yo'li orqali yuboriladigan yengil uchuvchan suyuqliklar va gazsimon narkoz moddalaridan tashkil topgan. Umuman, ushbu ingalatsion narkoz moddalarining ijobiy tomoni shundan iboratki, ular yuqorida aytilganidek, keltirib chiqaradigan narkoz holatining bosqichlarini boshqarish qulay, chunki narkoz moddalarining qondagi konsentratsiyasi nafas bilan kirayotgan va chiqarilayotgan miqdoriga bog'liq. Yengil uchuvchan suyuqliklar Narkoz uchun ishlatiladigan ~fir - dietil efiming xloroformga nisbatan yaxshi tomonlari bo'lgani uchun o'z vaqtida keng miqyosda ishlatilgan. Chunonchi, efiming narkotik ta'sir doirasi keng, xlor saqlovchi moddalarga qarama-qarshi o'laroq miokardning katexolaminlarga (adrenalin) bo'lgan sezuvchanligini oshirmaydi, shuningdek, narkozni boshqarish oson va xavfsizroqdir. Narkotik ta'sir doirasi deb, narkoz moddaning narkoz chaqiradigan bo'sag'a dozasidan zaharlanish belgisini beruvchi dozasigacha bo'lgan masofa tushuniladi. Chunonchi, bronx sekretsiyasini kamaytirish uchun atropin yoki metatsin, qo'zg'alish davrini qisqartirish yoki yo'qotish maqsadida oldin qo'zg'alish davri bermaydigan narkoz moddasini (azot (I) oksid, tiopental-natriy va b.) ishlatib, keyin efirga o'tiladi (kombinatsiyalangan qo'shma narkoz). Nafas yo'llari va o'pkaning o'tkir kechadigan kasalliklari, qon bosimi ko'tarilishi, yurakqon tomir va buyrakning og'ir kasalliklari, qandli diabet, bosh miya ichki bosimining yuqori bo'lishida efir tavsiya etilmaydi. Efiming yuqorida keltirilgan kamchiliklarini hisobga olib, uni narkoz moddasi sifatida ishlatish kamaygan. Ftorotan (galotan) - narkotik faolligi yuqori, yengil uchuvchan, yonmaydigan, kislorod va azot (I) oksid bilan qo'shilganda portlamaydigan modda. Bundan tashqari, ftorotan bronx yo'llarini qitiqlamaydi, xirurgik narkoz davri tez (3-5 daqiqa) boshlanadi, qo'zg'alish davri qisqa va yuzaki, uyg'onish tez yuzaga chiqadi (3-5 daqiqa), qo'zg'alish deyarli kuzatilmaydi. Kamchiliklari bradikardiya chaqirishi, miokardning adrenalin va noradrenalinga sezuvchanligining oshirishi (ular yurak fibrillatsiyasini, aritmiyalami berishi mumkin) hisoblanadi. Uning kamchiliklarini bartarafetish uchun atropin, promedolyuboriladi. Ftorotan azot (I) oksid va boshqa narkoz moddalari bilan birga ishlatilishi mumkin. Ftorotanni adrenalinning qondagi miqdori oshishi bilan kechadigan kasalliklarda (feoxromotsitoma, giperterioz) ishlatib bo'lmaydi. Aritmiya, gipotoniya va jigaming organik kasalliklarida ehtiyotlik bilan qo'llaniladi. Homiladorlikning 1- trimestrida, tug'ish davrida ish-latilmaydi. (Ftorotan O'zbekistonning asosiy dori vositalari rO'yxatiga kiritilgan) Metoksff/uran - narkotik faolligi bO'yicha efir va ftorotandan kuchliroq, yengil uchuvchan suyuqlik. Narkoz sekin boshlanadi, qo'zg'alish yaxshigina namoyon bo'ladi, uyg'onish narkoz berish to'xtatilgach, 15-60 daqiqadan keyin boshlanadi. Bularni hisobga olib, metoksifluran yakka holda ishlatilmay, ko'pincha, ingalatsion (azot (I) oksid) va noingalatsion (tiopental-natriy va b.) narkoz moddalari hamda miorelaksantlar (ditilin) bilan birga qo'llaniladi. Preparat ftorotanga nisbatan miokardning katexolaminlarga (adrenalin, noradrenalin) sezuvchanligini kamroq oshiradi. Metoksifluranni bachadon qisqarishiga deyarli ta'sir etmasligi va kuchli og'riq qoldirish xossasini hisobga olgan holda akusherlik amaliyotida ishlatiladi. Trix/oreti/en - ta'siri bO'yicha o'ta kuchli narkoz moddasi bo'lib, juda tczkor qiladi. Organizmga yuborish to'xtatilgandan so'ng 2-3 daqiqa o'tgach, bemor uyg'onadi. Narkozning birinchi bosqichidayoq og'riqni butunlay bartaraf etadi. Nafas yo'li shilliq pardalarini ta'sirlantirmaydi, bachadon faoliyatiga, homilaga ta'sir etmaydi, boshqa ichki a'zolarga (jigar, buyrak) salbiy ta'siri bilinar-bilinmas. Shu sababli, trixloretilen asosan qisqa muddatli jarrohlik amaliyotlarida (flegmona, absess va boshqa yiringli yaralarda) holda akushcrlikda tug'ish jarayonida og'riqni qoldirish ll1aqsadida qo'llaniladi. Trixloretilen boshqa xlor saqlovchi narkoz moddalari (ftorotan) singari miokardning katexolaminlarga (adrenal, noradrenalin) sezuvchanligini oshirib, ko'ngilsiz holatlarni (yurak aritmiyasi) keltirib chiqarishi mumkin. Jigar va buyrakning og'ir kasalliklarida tavsiya etilmaydi. Xoreti - yengil va tez uchuvchan suyuqlik bo'lib, bug'lari bilan nafas olinadigan bo'lsa, umumiy narkoz holatini beradi. Bunday ta'siri ancha kuchli nall1oyon bo'ladi va og'riqni yaxshigina qoldiradi. Narkozning qo'zg'alish davri ro'y-rost bilinadi. Bundan tashqari, preparatning narkotik ta'sir doirasi tor bo'igani sababli, zaharlanish xavfi tug'iladi. Shuning uchun u xirurgik narkoz uchun ishlatilmaydi. Faqat narkozning birinchi davrida qisqa muddatli analgeziya (raush narkoz) olish uchun kichik jarrohlik muolajalarini bajarishda qo'llaniladi. Tibbiyot amaliyotida xloretilning boshqa xususiyati ko'proq ishlatiladi. Uning qaynash harorati juda past (I21l) bo'igani uchun teriga tushganida, tezda bug'lanadi va shuning natijasida to'qimani ll1uzlatib, qisqa muddatga yuzaki og'riqsizlantiradi. Turli shikastlanishlarda, yuzaki og'riqlarda va boshqalarda keng qo'llaniladi. Gazsimon narkoz moddalari Bu guruhga taalluqli narkoz moddalari yengil uchuvchan suyuqliklarga nisbatan bir qator ustunlikka ega. Chunonchi, ular nafas yo'llarini ta'sirlantirmaydi, narkoz qo'zg'alish davrisiz tezda boshlanadi, ichki a'zolarga salbiy ta'sir kO'rsatmaydi, narkoz berish to'xtatilgandan keyin uyg'onish tezda namoyon bo'ladi va asoratlar kuzatilmaydi (8- jadval). Gazsimon narkoz moddalarining asosiy kamchiligi, xirurgik narkoz davrida tana mushaklarining bo'shashishi to'liq bo'imaydi, narkoz holati yuzakiroq o'tadi. Shu sababli, ular ko'pincha kuchliroq ta'sirli ingalatsion (efir, fforotan) va noirigalalsion-(tiopentaf-natriy, ketamin va b.), ayrim hollarda mushaklami bo'shashtiruvchi (miorelaksantlar) bilan birga kuchli og'riq bilan kechadigan xastaliklarda (miokard infarkti, o'tkir pankreatit va b.) ishlatiladi. Azof (f) oksid - rangsiz, havodan og'irroq, suvda eruvchan gaz. Kislorod bilan ma'lum nisbatda (70-80 % azot (I) oksid va 20-30 % kislorod) yuborilganida qo'zg'alish davrisiz va hech qanday asoratsiz xirurgik narkoz boshlanadi. Narkoz uncha chuqur bo'lmay tana mushaklari yaxshi bo'shashmaydi. Narkoz berish to'xtatilsa, 10-15 daqiqa mobaynida organizmdan nafas yo'li orqali chiqib ketadi. Nafas yo'llarini ta'sirlantirmaydi. Narkoz holati yuzaki bo'lgani sababli kuchli narkoz moddalari (efir, ftorotan) hamda miorelaksantlar (ditilin, tubokurarin) bilan birga jarrohlik amaliyoti, ginekologiya, stomatologiya, urologiya hamda kuchli og'riq bilan kechadigan xastaliklarda (stenokardiya, miokard infarkti, o'tkir pankrcatit va b.) ishlatiladi. Ayrim hollarda emotsional qo'zg'alish, ko'ngil aynish va qusishning oldini olish maqsadida trankvilizatorlar (diazepam), ncyroleptiklar (droperidol) qo'llaniladi. Azot (I) oksid ncrv sistemasining og'ir kasalliklarida, surunkali alkogolizmda ishlatilmaydi. Siklopropan - nafas yo'llarini qitiqlamaydi, qo'zg'alish davrisiz xirurgik narkoz davri boshlanadi. Bu borada azot (I) oksiddan kllchliroq. Narkoz chuqlln'oq bo'ladi. Narkoz bcrish to'xtatilsa, uyg'onish davri tezda boshlanadi, asoratlar deyarli kuzatilmaydi. Siklopropanning eng katta kamchiliklaridan biri tez yonuvchan, portlovchi xususiyatidir. Bundan tashqari, miokardning katexolaminlarga sezuvchanligini oshiradi, katta dozalarda zaharlanishda nafas va yurak faoliyati zaiflashib, to'xtashi mumkin. Shu sababdan, siklopropan tibbiyot amaliyotida deyarli ishlatilmaydi. Noingalatsion narkoz moddalari Noingalatsion narkoz moddalari nafas yo'li orqali yuborilmaydigan, uchmaydigan moddalar bo'lib, ular venaga va to'g'ri ichak orqali Yllborishga mo'ljallangandir. Bularni ishlatish ilk bor N. I. Pirogov tomonidan taklif etilgan. Mazkur yuborish yo'llarining bir qator afzalligi bor: moddani yuborish anesteziolog va ayniqsa bemor uchun qulay va oson, xirurgik narkoz qo'zg'alish davrisiz tez boshlanadi. Narkoz moddasi qonga o'tgandan so'ng nafas yo'li orqali chiqarilmagani uchun narkozning yengil-chuqurligini boshqarish imkoniyati bo'lmaydi. Shuning uchun ham bu narkoz usulini dozalantirilgan narkoz deyiladi. Narkoz holati esa uncha chuqur bo'lmaydi va uzoq davom etmaydi (20-30 daqiqa). Shu sababdan noingalatsion narkoz moddalari asosan q isqa muddatli operatsiyalarni bajarish uchun qo'llaniladi.
Download 196.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling