Takrorlash uchun savollar
-
Funksiyaning berilgan kesma bo‘yicha integral yig‘indisi qanday hosil
qilinadi?
-
Aniq integral qanday ta’riflanadi?
-
Qaysi shartda funksiya berilgan kesmada integrallanuvchi deyiladi?
-
Integrallanmovchi funksiyaga misol keltira olasizmi?
-
Qaysi shartda funksiya berilgan kesmada integrallanuvchi bo‘ladi?
-
Integralning geometrik ma’nosi nimadan iborat?
-
Integralning mexanik ma’nosi qanday ifodalanadi?
-
Integralning iqtisodiy ma’nosi nimadan iborat?
-
Aniq integralning quyi va yuqori chegaralari nima?
-
Aniq integralda quyi va yuqori chegaralar o‘rni almashtirilsa nima bo‘ladi?
-
Aniq integralda o‘zgarmas ko‘paytuvchini nima qilish mumkin?
-
Funksiyalarning algebraik yig‘indisidan olingan aniq integral qanday
xossaga ega?
-
O‘zgarmas funksiyaning [a,b] kesma bo‘yicha aniq integrali nimaga teng?
-
Funksional tengsizlikni hadlab integrallash mumkinmi?
-
Integrallash kesmasida musbat bo‘lgan funksiyadan shu kesma bo‘yicha olingan aniq integral qiymati haqida nima deyish mumkin?
-
Integrallash kesmasida manfiy bo‘lgan funksiyadan shu kesma bo‘yicha
olingan aniq integral qiymati haqida nima deyish mumkin?
-
Aniq integral uchun o‘rta qiymat haqidagi teorema qanday ifodalanadi?
-
Funksiyaning kesma bo‘yicha orta qiymati deb nimaga aytiladi?
Testlardan namunalar
-
Aniq integralning geometrik ma’nosini ko‘rsating.
A) egri chiziqli trapetsiyaning og‘ma tomoning burchak koeffitsiyenti;
B) egri chiziqli trapetsiyaning perimetri ;
C) egri chiziqli trapetsiyaning o‘rta chizig‘i uzunligi ;
D) egri chiziqli trapetsiyaning yuzasi ;
E) to‘g‘ri javob keltirilmagan.
-
Aniq integralning mexanik ma’nosini ko‘rsating.
A) o‘zgaruvchi kuchning eng katta qiymati;
B)o‘zgaruvchi kuchning eng kichik qiymati;
C) o‘zgaruvchi kuchning momenti;
D) o‘zgaruvchi kuchning bajargan ish;
E) o‘zgaruvchi kuchning o‘rta qiymati.
-
Aniq integralning iqtisodiy ma’nosini ko‘rsating.
A) mahsulot ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi;
B) ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi;
C) ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi;
D) ishlab chiqarilgan mahsulot chakana narxi;
E) mahsulot ishlab chiqarishda sarflangan xomashyo.
-
[a, b] kesma bo‘yicha y=f(x) funksiya uchun Sn(f) integral yig‘indi tuzishda quyidagi amallardan qaysi biri bajarilmaydi?
-
[a, b] kesma xi (i=1, 2, ∙∙∙, n–1) va x0=a, xn=b nuqtalar bilan n bo‘lakka ajratiladi;
-
[xi–1, xi] (i=1, 2, ∙∙∙, n) kesmalardan ξi nuqtalar olinadi;
-
tanlangan ξi nuqtalarda f(x) funksiya qiymatlari hisoblanadi;
-
[xi–1, xi] (i=1, 2, ∙∙∙, n) kesmalarning uzunliklari xi –xi–1=Δxi topiladi;
-
ko‘rsatilgan barcha amallar bajariladi .
-
[a, b] kesmada aniqlangan y=f(x) funksiya uchun tuzilgan
integral yig‘indi orqali uning aniq integral qanday aniqlanadi?
A) ; B) ; C) ;
D) ; E) to‘g‘ri javob keltirilmagan.
-
[a, b] kesmada aniqlangan y=f(x) funksiya uchun aniq integral qanday shartda doimo mavjud bo‘ladi?
A) yuqoridan chegaralangan; B) quyidan chegaralangan;
C) o‘suvchi; D) kamayuvchi; E) uzluksiz.
-
Aniq integralning xossasi qayerda xato ko‘rsatilgan?
A) ;
B) ;
C) ;
D) ;
E) barcha qoidalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
-
Aniq integral xossasini ifodalovchi
tenglik bajarilishi uchun c nuqta qanday shartni qanoatlantirishi kerak?
A) c< a; B) c> b; C) c=a yoki c=b; D) a< c<b;
E) ko‘rsatilgan barcha shartlarda tenglik bajariladi .
-
Aniq integral uchun quyidagi tengliklardan qaysi biri o‘rinli emas?
A) ; B) ; C) ;
D) ; E) keltirilgan barcha tengliklar o‘rinli.
Mustaqil ish topshiriqlari
1. Agar bo‘lsa quyidagi integrallarning qiymatlarini toping:
Do'stlaringiz bilan baham: |