Umumiy tilshunoslik tilning paydo bo’lishi, tillarning kelib chiqishi, ularning qarindoshlik aloqalari va umumiy nazariy masalalarini o'rganadi.
Xususiy tilshunoslik esa muayyan bir tilning xususiyatlarini o'rganadi. Jumladan, o'zbek tilshunosligi o'zbek tilining tovush tizimi, til qurilishining tizimi, yozuvi, yozuv qoidalari, uslubi grammatikasi va hokazolarni o'rganadi.
O'zbek tilshunosligi fani quyidagi bo'limlarni o'z ichiga qamrab oladi:
1. Fonetika.
2. Orfoepiya.
3. Grafika.
4. Orfografiya.
5. Leksikologiya.
6. Frazeologiya.
7. Leksikografiya.
8. Morfemika.
9. So'z yasalishi.
10. Morfologiya.
11. Sintaksis.
12. Punktuatsiya.
13. Uslubiyat
Bu bo'limlardan har biri tilimiz hamda nutqimizning alohidaalohida tomonlarini o'rganadi va o'z navbatida kichik bo'limlarga bo'linishi ham mumkin. Quyida ularning o'rganish sohasi, ob'yektini izohlaymiz:
Fonetika – tilning tovushlar tizimi, ularning tuzilishi, nutq organlari, bo'g'in va uning turlari, so'zda tovushlarning almashinishi va o'zgarishi, shuningdek, urg'u va uning ishlatilish o'rinlari kabilarni o'rgatadi. Qisqa qilib aytganda, inson nutqi tovushlarini ilmiy va amaliy jihatdan o'rgandigan tilshunoslikning bir bo'limiga fonetika deyiladi. 1996yildan 2003yilgacha «Axborotnoma»da e'lon qilingan tilshunoslikka oid testlarning 5-10 foizi fonetikaga oid testlarni tashkil etadi.
Orfoepiya (talaffuz) – adabiy tilda nutq tovushlari va so'zlarni to'g'ri aytish me'yori va qonunqoidalarini o'rganadi. Orfoepiya adabiy tilning faqat og'zaki shakliga xosdir.
Grafika (yozuv) – yozuv tarixi va alifboni o'rganadi. Tildagi tovushlarni qog'ozda ko'rsatuvchi shakliy vositalar yozuv hisoblanadi. Grafika hozirga-cha tarixda qanday yozuvlardan foydalanilgan, harf va harfning shakllari, harflarni alifboda joylashtirish, tovush va harf orasidagi munosabatlar bilan shug'ullanadi.
Orfografiya (imlo) – so'z o'zaknegizlari va qo'shimchalarni yagona tarzda to'g'ri yozish haqidagi qoidalarni o'rganadi. Bo'g'in ko'chirish qoida-lari, chiziqcha bilan yozish, qo'shib yoki ajratib yozish tartiblarini belgilaydi.
Leksikologiya – so'zlarning ma'nosi, ma'no turlari, ma'no munosabatlari, so'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari, lug'at tarkibidagi faol va nofaol so'zlar, tarixiy jihatdan o'zbek tili leksikasi, so'zlarning hissiy va uslubiy xususiyatlari va hokazolarni o'rganadi. Umuman olganda, so'zlarda qanday ma'no munosabat bor bo'lsa, hammasini leksikologiya o'rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |